Yuridik fanlar axborotnomasi 2 / 2021

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Gaffarova Shaxnoza Nuritdinovna

Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti

Annotatsiya
Mazkur maqolada yangilanayotgan O‘zbekistonda gender tengligini ta’minlashda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning istiqbollari, qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning ahamiyati, xotin-qizlarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini oshirish, kambag‘allikni kamaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, munosib ish sharoitlari yaratish,…

Xamidulin Mixail Borisovich

iqtisod fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi va G.V. Plexanov nomidagi Rossiya Iqtisodiyoti universiteti Toshkent filiali

Abdulov Damir Rustamovich

“Umumta’lim fanlari va madaniyat” kafedrasi katta o‘qituvchisi, Toshkent davlat yuridik universiteti

Annotatsiya
Maqolada korporativ boshqaruvni takomillashtirishning asosiy muammolari, xususan, buxgalteriya hisobi va korporativ boshqaruv qoidalari (standartlari)ga muvofiq, O‘zbekistonda foydani shakllantirish masalalari muhokama qilingan…

Yakubov Shuhrat Ummataliyevich

yuridik fanlar doktori (DSc), dotsent, Toshkent davlat yuridik universiteti, “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi professori v.b.

Annotatsiya
Mazkur maqolada jamoatchilik nazoratining yangi va istiqbolli yo‘nalishi ilmiy tahlil etilgan. Bu – davlat byudjeti, uning ijrosi ustidan fuqarolar va keng jamoatchilik olib boradigan nazorat. Moliyaviy nazorat byudjet mablag‘larining samarali sarflanishida muhim ahamiyatga ega…

Ergashev Ikrom Аbdurasulovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, dotsent, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq intizomini takomillashtirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilash hamda soliq munosabatlari tizimida soliq madaniyatini yuksaltirish masalalari tobora global va dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganligi asoslangan…

Boltayev Mansurjon Sotivoldiyevich

yuridik fanlar nomzodi, dotsent, Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali kafedra mudiri

Annotatsiya
Maqola ixtiyoriy tibbiy sug‘urta shartnomalarini bajarish bo‘yicha amaldagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyoti muammolariga bag‘ishlangan…

G‘ulomov Аkmaljon Shukurillayevich

Samarqand davlat universiteti dotsenti, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Fuqarolik huquqi nazariyasida shartnoma yuridik fakt sifatida uning ishtirokchilari tomonidan huquq va burchlarni vujudga keltirish, o‘zgartirish hamda bekor qilish haqidagi kelishuv hisoblanadi. U ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, shu jumladan, qishloq xo‘jaligida mol-mulk topshirish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish kabi mulkiy munosabatlar shakllanishida ham asosiy huquqiy vosita sanaladi…

Uzakova Go‘zal Sharipovna

Toshkent davlat yuridik universiteti, “Ekologiya huquqi” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent

Annotatsiya
Fuqarolarning qulay atrof tabiiy muhitga ega bo‘lish huquqini taʼminlash, eng avvalo, ular yashaydigan hududlarda – shaharlar va boshqa aholi punktlarida yer, suv, yer osti boyliklari va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish jarayonida ekologik normativlarga rioya qilish, qurilish jarayonini ekologizatsiyalash, hududlarni oqilona zonalashtirish kabilarga bog‘liq….

Toshboyeva Robiya Sobirovna

Toshkent davlat yuridik universiteti, «Ekologiya huquq» kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Maqolada suv xavfsizligini ta’minlash hamda suv tanqisligi muammosini hal qilish mexanizmlaridan biri hisoblangan O‘zbekiston davlat suv kadastrini yuritishning huquqiy asoslari tahlil qilingan. Muallif tomonidan suv resurslarini boshqarishni amalga oshirishda suv va suv havzalari to‘g‘-risidagi davlat suv kadastrining geografik…

Musayev Djamaliddin Kamalovich

Bojxona instituti «Maxsus huquqiy fanlar» kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqola giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimining xalqaro miqyosdagi qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan. Maqolada huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olish, shuningdek, dunyoning turli mamlakatlarida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning aylanishini nazorat qilish masalalari muhokama qilingan…

Ochilov Samariddin Kamoliddinovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filiali, “Jinoyat-huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvchi

Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada shartli hukm qilish institutining mazmuni, ijtimoiy-huquqiy ahamiyati, uni qo‘llash asoslari, sud amaliyoti va huquqni qo‘llash amaliyoti dinamikasi, bu borada xorijiy mamlakatlar qonunchiligi tahlili, tadqiqotchi-olimlarning ilmiy-nazariy qarashlari, shartli hukmni qo‘llashning dolzarbligi, uni qo‘llashda mavjud muammolar va ularning yechimlari, shartli hukm qilish institutini qo‘llashni kengaytirish masalalari, shartli hukm qilishda qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini kengaytirish yuzasidan ilmiy-nazariy xulosalar bayon etilgan…

Tashev Аzizbek Ibragimovich

Buxoro viloyat prokuraturasi xodimi

Annotatsiya
Voyaga yetmaganlarni jinoiy taʼqibdan chetlatish instituti bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha turli xalqaro-huquqiy hujjatlarda aks ettirilgan. Bu juda muhim va shu bilan birga, tanqidchilarning fikricha, juda munozarali xalqaro standart. Institut tarafdorlari va muxoliflari o‘rtasida davom etayotgan nizolar va xatolar ustida doimiy ravishda ishlarning olib borilishi tufayli mazkur institut ko‘plab mamlakatlarda vujudga kelgan va rivojlanib ketgan…

Choriyeva Dilbar Mengdabilovna

Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti

Annotatsiya
Ushbu maqolada jinoyat-protsessual printsiplardan biri bo‘lgan tortishuv printsipining mazmuni, uning jinoyat protsessining ishni sudga qadar yuritish bosqichlarida amal qilishi mohiyati hamda himoyachi faoliyatidagi ahamiyati ochib berilgan. Ishni sudga qadar yuritishda tortishuv printsipining mohiyati hamda uning himoyachi faoliyatidagi ahamiyati yuzasidan milliy va xorijiy davlatlar protsessualist olimlarining ilmiy-nazariy fikrlari bilan munozaraga kirishilgan, bu boradagi xorijiy davlatlar qonunchiligi o‘rganilgan va chuqur tahlil qilingan…

Abdullayev Rustam Kaxramanovich

Toshkent davlat yuridik universiteti «Kriminalistika va sud ekspertiza» kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Maqolada kriminalist olimlarning ilmiy qarash va fikrlari asosida hodisa joyini ko‘zdan kechirishning kriminalistik ta’minoti maqsad va vazifalarini aniqlashdagi yondashuvlar tahlil qilingan, hodisa joyini ko‘zdan kechirishning kriminalistik ta’minoti maqsadlarining yakuniy va oraliq maqsadlardan iboratligi, bu tergov harakatining oraliq maqsadlari tashkiliy, texnologik va baholash-nazorat qilish kabi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi ilmiy asoslangan…

Kabirzoda Gavharoy Kosimi

Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti «Sud huquqi va prokuror nazorati» kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Maqolada ayollarga (jabrlanuvchilarga) nisbatan oilaviy zo‘ravonlik misolida xususiy ayblovlar bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishning protsessual masalalari ko‘rib chiqilgan. Oilaviy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyat protsessida isbotlash, Tojikiston Jinoyat-protsessual kodeksining…

Binakulov Аlijon Boli o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan filiali “Jinoyat-huquqiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada majburiy tibbiy sug‘urtaning tibbiy va huquqiy jihatlari, xalqaro-huquqiy asoslari, uning turli davlatlarda paydo bo‘lishi va rivojlanishi, tibbiy xizmatlardan kafolatlangan va keng foydalanish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha xorijiy davlatlarning tajribasi va qonunchilik asoslari,…

To‘ychiyev Farrux Abdumajitovich

Adliya vazirligi bosh maslahatchisi

Annotatsiya
Mazkur maqola Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risida”gi konvetsiyasiga asosan, ushbu qarorlarni O‘zbekiston Respublikasida ijro etish bo‘yicha masalalarning tahliliy va solishtirma muhokamalari o‘rganilgan…

Yunusov Haydarali Muratovich

Toshkent davlat yuridik universiteti, “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Ushbu maqolada АQShda yuridik taʼlim sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi nodavlat tashkilotlarning yuridik taʼlimdagi o‘rni haqida so‘z boradi. Muallifning taʼkidlashicha, nodavlat nohukumat tashkilotlari taʼlim sifatini nazorat qilish, qabul imtihonlarini tashkil etish, samarali boshqaruvni taʼminlash,…

Valijonov Daler Dilshodovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Maqolada prokuratura idorasining jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Bundan tashqari, maqola xalqaro tashkilotlarning mintaqaviy doiradagi jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik faoliyatiga oid masalalarga bag‘ishlangan…

Tursunov Аbduxalil Аbdusalimovich

Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada xalqaro suv huquqi tamoyillariga asoslangan holda Markaziy Osiyodagi suv resurslari taqsimotiga oid nizoning huquqiy jihatlari tanqidiy tahlil etilgan. Xususan, xalqaro suv huquqidagi mavjud tamoyillar tahlil qilingan va xalqaro nizolarni hal etishda yetakchi rolni o‘ynayotgan tamoyillar ko‘rsatib o‘tilgan…