QISHLOQ XO‘JАLIGIDА SHАRTNOMАVIY MАJBURIYATNI BАJАRMАGАNLIK UCHUN QАRZDORNING АYBDORLIK PREZUMPTSIYASI

G‘ulomov Аkmaljon Shukurillayevich

Samarqand davlat universiteti dotsenti, yuridik fanlar nomzodi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Fuqarolik huquqi nazariyasida shartnoma yuridik fakt sifatida uning ishtirokchilari tomonidan huquq va burchlarni vujudga keltirish, o‘zgartirish hamda bekor qilish haqidagi kelishuv hisoblanadi. U ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, shu jumladan, qishloq xo‘jaligida mol-mulk topshirish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish kabi mulkiy munosabatlar shakllanishida ham asosiy huquqiy vosita sanaladi. Аgrar sohada qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tayyorlash, qayta ishlash tashkilotlari bilan kontraktatsiya shartnomalari; taʼminotchi tashkilotlar bilan moddiy-texnika resurslari yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar; xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bilan mexanizatsiyalashgan ishlarni bajarish; xo‘jaliklarga servis, agrokimyo, agrotexnika xizmatlari bo‘yicha shartnomalar keng qo‘llaniladi. Mazkur shartnomalar ishtirokchilari uning mazmuni yuzasidan o‘z zimmalariga maʼlum majburiyatlar oladi. Biroq shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishi yoki lozim darajada bajarilishiga erishish kontragentlar harakatiga bog‘liq. Shartnoma intizomiga rioya etmaslik esa fuqarolik-huquqiy javobgarlikni vujudga keltiradi. Bu, o‘z navbatida, daʼvogar (kreditor) tarafning aybdorlik prezumptsiyasi tamoyilidan foydalanishiga sabab bo‘ladi. Majburiyatning lozim darajada bajarilmasligi uchun qarzdor javobgardir. Mazkur maqolada tadqiqot predmeti sifatida shartnomaviy majburiyatni bajarmaganlik uchun qarzdorning aybdorlik prezumptsiyasi o‘rganiladi.
Kalit so'zlar
shartnoma, majburiyat, ayb, prezumptsiya, qarzdor, kreditor, javobgarlik, fors-major.
Iqtibos uchun
For citation: