OLIY TА’LIM SOHАSIDА KORRUPSIYAVIY HUQUQBUZАRLIK SHАKLLАRI, TАSNIFI VА O‘ZIGА XOS XUSUSIYATLАRI

Qo‘chqorov Zafarjon Qayumjon o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Аkademiyasi mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim tashkiliy-huquqiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilmoqda. Davlat tomonidan korrupsiyaga qarshi yo‘naltirilgan barcha islohotlar fuqarolarning huquq va manfaatlarini ko‘zlab amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi jadal faoliyat olib borish orqali mustaqil fikrlaydigan, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviy davlat boshqaruvi rivojlanayotgan va xususiy sektorda kasb turlari shiddat bilan ko‘payayotgan bir vaziyatda malakali kadrlarga bo‘lgan talabning ortishi va ijobiy natijalarga erishishda yetuk kadrlar xizmatidan foydalanish hal qiluvchi ahamiyat kasb etayotgani oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarbligini oshirmoqda. Oliy ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida ilmiy adabiyotlar yetishmasligi va ushbu yo‘nalishda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilmaganligi sababli sohadagi korrupsiya bilan bog‘liq nazariy tushunchalarga alohida e’tibor qaratish lozim. Maqolada oliy ta’lim sohasidagi korrupsiyaviy huquqbuzarlik “shakllari”, “tasnifi” va o‘ziga xos “xususiyatlari” tushunchalari ilmiy jihatdan tahlil qilingan bo‘lib, ushbu tushunchalarga ta’riflar berilgan.
Kalit so'zlar
oliy ta’lim, korrupsiyaviy huquqbuzarlik, nazariy tushunchalar, korrupsiyaviy huquqbuzarlik shakllari, tasnifi, xususiyatlari.
Iqtibos uchun
For citation: