EKOLOGIYA SOHASIDAGI MAʼMURIY-HUQUQIY NIZOLARNI SUD TOMONIDAN HAL QILISHNING AYRIM JIHATLARI
Axrorov Adxamjon Asrorkul oʻgʻli
Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi katta oʻqituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada ekologiya sohasida vujudga keladigan maʼmuriy huquqiy nizolarni hal qilishning sud tartibi hamda maʼmuriy (suddan tashqari) tartibi, ularning bir-biridan farqli jihatlari, “maʼmuriy-huquqiy nizo” tushunchasi hamda ekologiya sohasidagi maʼmuriy-huquqiy nizolarning oʻziga xos xususiyatlari huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy tadqiqot ishlari asosida tahlil qilingan. Shuningdek, ekologiya sohasidagi maʼmuriy-huquqiy nizolarni sud tomonidan hal qilishning oʻziga xos jihatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mazkur toifadagi nizolarning sudlovga taalluqliligi masalasi amaliy misollar asosida yoritib berilgan. Bundan tashqari, sud amaliyoti hujjatlari tahlili asosida maʼmuriy sudlar tomonidan ekologiya sohasidagi maʼmuriy-huquqiy nizolarni koʻrib chiqishning oʻziga xos jihatlari yoritib berilgan. Ayrim nizolarning sudga taalluqliligi yuzasidan normativ-huquqiy hujjatlardagi bahsli holatlar muallif tomonidan tadqiq qilingan va uni yechimiga qaratilgan mulohazalar ilgari surilgan. Shu bilan birga, qonunchilik va sud hujjatlari tahlili natijasida milliy qonunchilik normalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqilgan hamda ushbu taklif va tavsiyalar qonunchilik hujjatlari orqali asoslantirib berilgan.
Kalit so'zlar
maʼmuriy nizo, ommaviy-huquqiy nizo, maʼmuriy organ, ekologiya, atrof-muhit, maʼmuriy tartib, sud tartibi, nizolarni hal qilish, mediatsiya, litsenziya, mineral resurslar, davlat roʻyxatidan oʻtkazish.