HODISA JOYINI KO‘ZDAN KECHIRISHNING KRIMINALISTIK TA’MINOTI MAQSAD VA VAZIFALARI

Abdullayev Rustam Kaxramanovich

Toshkent davlat yuridik universiteti «Kriminalistika va sud ekspertiza» kafedrasi o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada kriminalist olimlarning ilmiy qarash va fikrlari asosida hodisa joyini ko‘zdan kechirishning kriminalistik ta’minoti maqsad va vazifalarini aniqlashdagi yondashuvlar tahlil qilingan, hodisa joyini ko‘zdan kechirishning kriminalistik ta’minoti maqsadlarining yakuniy va oraliq maqsadlardan iboratligi, bu tergov harakatining oraliq maqsadlari tashkiliy, texnologik va baholash-nazorat qilish kabi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi ilmiy asoslangan. Undan tashqari, hodisa joyini ko‘zdan kechirishning kriminalistik ta’minoti maqsadlarining mazmuni ushbu tergov harakatining o‘ziga xos xususiyati – uning vazifalarning o‘ziga xosligi orqali ko‘rib chiqilishi kerakligi asoslanib, hodisa joyini ko‘zdan kechirishning kriminalistik ta’minoti vazifalari tashkiliy-kriminalistik, texnik-kriminalistik va taktik-kriminalistik hamda baholash-nazorat qilish vazifalaridan iborat bo‘lishi bo‘yicha ilmiy takliflar berilgan.
Kalit so'zlar
hodisa joyini ko‘zdan kechirish, kriminalistik ta’minot, kriminalistik ta’minot maqsadlari, hodisa joyini ko‘zdan kechirishning kriminalistik ta’minoti yakuniy va oraliq maqsadlari, tashkiliy element, texnologik element, baholash-nazorat qilish elementi, tashkiliy vazifalar, texnologik vazifalar, baholash-nazorat vazifalari.
Iqtibos uchun
For citation: