ISHNI SUDGА QАDАR YURITISHDА HIMOYACHI FАOLIYATIDА TORTISHUV PRINTSIPINING TА’MINLАNISHI АHАMIYATI
Choriyeva Dilbar Mengdabilovna
Toshkent davlat yuridik universiteti doktoranti
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada jinoyat-protsessual printsiplardan biri bo‘lgan tortishuv printsipining mazmuni, uning jinoyat protsessining ishni sudga qadar yuritish bosqichlarida amal qilishi mohiyati hamda himoyachi faoliyatidagi ahamiyati ochib berilgan. Ishni sudga qadar yuritishda tortishuv printsipining mohiyati hamda uning himoyachi faoliyatidagi ahamiyati yuzasidan milliy va xorijiy davlatlar protsessualist olimlarining ilmiy-nazariy fikrlari bilan munozaraga kirishilgan, bu boradagi xorijiy davlatlar qonunchiligi o‘rganilgan va chuqur tahlil qilingan. Jinoyat-protsessual qonunchiligimizda tortishuv printsipining amal qilish doirasi cheklanganligi sababli uning amal qilish doirasini kengaytirish, xususan, tortishuv printsipining ishni sudga qadar yuritish bosqichlarida ham qo‘llanilishiga erishish ushbu maqolani yozishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilangan. Olib borilgan tahlillar natijasida JPK 25-moddasining nomlanishi va birinchi qismini yangi tahrirda bayon etish, xususan, jinoyat protsessining barcha bosqichlarida, jumladan, ishni sudga qadar yuritishda ham ish yuritish taraflarning o‘zaro tortishuvi asosida amalga oshirilishini belgilovchi normani qonunchiligimizda mustahkamlash yuzasidan ilmiy asoslantirilgan takliflar berilgan. Shuningdek, ishni sudga qadar yuritishda taraflar tengligi va tortishuv printsipining taʼminlanishi, ayblov va himoya faoliyati ustidan xolis sud nazoratining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi hamda himoyachi huquqlarini kengaytirishga erishish maqsadida xorijiy davlatlar qonunchiligida mavjud bo‘lgan tergov sudyasi institutini qonunchilikka implementatsiya qilish asosida JPKning 28- va 29-moddalarini yangi tahrirda bayon etish taklif etilgan. Maqolani yozish davomida qiyosiy-huquqiy, mantiqiy, (analiz va sintez), ilmiy bilish manbalarini kompleks tadqiq etish usullaridan keng foydalanilgan.
Kalit so'zlar
ishni sudga qadar yuritish, tortishuv printsipi, himoyachi faoliyati, sud nazorati, tergov sudyasi.
Iqtibos uchun
For citation: