VOYAGА YETMАGАNLАRNI АDLIYA TIZIMIDАN CHETLАSHTIRISH INSTITUTINING VUJUDGА KELISHI VА RIVOJLАNISHI
Tashev Аzizbek Ibragimovich
Buxoro viloyat prokuraturasi xodimi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Voyaga yetmaganlarni jinoiy taʼqibdan chetlatish instituti bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha turli xalqaro-huquqiy hujjatlarda aks ettirilgan. Bu juda muhim va shu bilan birga, tanqidchilarning fikricha, juda munozarali xalqaro standart. Institut tarafdorlari va muxoliflari o‘rtasida davom etayotgan nizolar va xatolar ustida doimiy ravishda ishlarning olib borilishi tufayli mazkur institut ko‘plab mamlakatlarda vujudga kelgan va rivojlanib ketgan. Bu haqda to‘liq va obyektiv tasavvurga ega bo‘lish uchun maqolada institutning paydo bo‘lish sabablari, shakllanish bosqichlari, nazariya va amaliyotning rivojlanish istiqbollari o‘rganilgan. Vujudga kelganda va butun hayoti davomida chetlatish choralari kuchli qarshilikka duch kelingani eʼtiborga molik holat, shu bilan birga rasmiy jinoiy taʼqibdan chetlatish choralari tarafdorlarining vaqt o‘tishi bilan ortib borganligini va ularning mavqei fan va amaliyotda mustahkamlanganligini ham inobatga olish darkor. Tadqiqotlar va-yillar davomida o‘tkazilgan meta-tahlillar ularning rasmiy protsessual jarayonlariga qaraganda samaraliroq ekanligini isbotladi. Shu bilan birga, ushbu tadqiqotlar natijalari shuni ko‘rsatadiki, chetlatish choralari o‘z-o‘zidan vaktsina vositasi emas, balki jinoyat ishini tergov qilish va taʼqib qilishning rasmiy jarayonlaridan bir necha baravar samarali vositadir. Shu munosabat bilan, maqolada xorijiy adabiyotlar va АQSh, Аngliya, Germaniya va Yaponiya davlatlarining milliy huquqni qo‘llash tajribalari ko‘rib chiqilgan. Uning maqsadi – bolaning rasmiy protsessual jarayonidagi manfaatlarini taʼminlash uchun iloji boricha ilg‘or amaliyotning dalillarini olish, shuningdek, xalqaro-huquqiy hujjatlarni implementatsiya qilish jarayonida salbiy tajribaga duch kelmaslik va ularning oldini olishdan iborat. Bundan tashqari, voyaga yetmaganlarni jinoiy taʼqibdan chetlashtirish bo‘yicha tushunchalar va tadqiqot natijalariga umumiy nuqtai nazarni taqdim etadi, bu esa ilmiy jihatdan isbotlangan xulosalar asosida ushbu choralarni imkon qadar kamchiliksiz va samarali tarzda amalga oshirish uchun zamin yaratadi.
Kalit so'zlar
voyaga yetmaganni chetlatish, adliya, odil sudlov, reabilitatsiya, reintegratsiya.
Iqtibos uchun
For citation: