RAQAMLI OBYEKTLAR VA MEROS OCHILGAN JOY: TRANSCHEGARAVIY MEROSGA DA’VATLAR

Shaimardanova Dilafruz Dilmuratovna

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada xalqaro huquq va milliy qonunchilik doirasida raqamli obyektlar uchun meros ochilish joyini aniqlash muammolari kompleks tarzda koʻrib chiqilgan. Tadqiqot metodologiyasi tizimli, qiyosiy-huquqiy va rasmiy-huquqiy tahlil usullarini qoʻllash, shuningdek, raqamli merosni tartibga solishning xalqaro amaliyotini oʻrganishga asoslangan. Muallif mavjud huquqiy tizimlar, ayniqsa, meros huquqi sohasiga raqamli huquqiy munosabatlarni integratsiyalash jarayonida yuzaga keladigan fundamental muammolarni tahlil qilgan. Maqolada shuningdek, raqamli obyektlarning nomoddiy tabiati, ularning transchegaraviy xususiyati, yagona huquqiy tartibga solishning yoʻqligi, merosxoʻrlarning raqamli aktivlarga kirishidagi qiyinchiliklar va meros huquqi bilan shaxsiy hayot daxlsizligi huquqi oʻrtasidagi ziddiyat kabi asosiy muammolar o‘rganilgan. Tadqiqot natijasida notarial amaliyotga eksklyuziv blokcheyn tizimini joriy etish va maxsus qonunchilik ishlab chiqish kabi innovatsion yechimlar taklif etilmoqda. Tadqiqotning ilmiy yangiligi Oʻzbekiston Respublikasi huquqiy tizimining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, raqamli meros muammolarini kompleks tahlil qilish va raqamli aktivlarni meros qilish uchun aniq huquqiy tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqotning amaliy ahamiyatini blokcheyn texnologiyasidan foydalanib, raqamli meros sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish tashkil etadi. Unga amaldagi qonunchilikka oʻzgartirishlar kiritish va maxsus normativ-huquqiy hujjatlar yaratish boʻyicha takliflar kiradi. Olingan natijalardan milliy qonunchilikni modernizatsiyalash va raqamli aktivlarni meros qilish sohasida xalqaro huquqiy mexanizmlar ishlab chiqishda foydalanish mumkin.
Kalit so'zlar
meros huquqi, raqamli meros, maʼlumotlarni himoya qilish, blokcheyn, raqamli obyektlar, transchegaraviy meros, virtual mulk, merosda smart-kontraktlar, raqamli merosni rejalashtirish