XALQARO FUQAROLIK PROTSESSI TAMOYILLARI
Allayorov Jahongir Toshpo‘latovich
Xalqaro xususiy huquq kafedrasi dotsenti v.b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada xalqaro fuqarolik protsessi prinsiplari, ularning milliy protsessual huquq va xalqaro xususiy huquq prinsiplaridan farqli jihatlari tadqiq qilingan. Xalqaro xususiy huquqning o‘zarolik prinsipi, xalqaro xushmuomalalik prinsipi, milliy rejim prinsipi, sud qonuni prinsipi, erk muxtoriyati prinsipi, xalqaro ommaviy huquqning davlatlar suveren tengligi, xorijiy davlat va uning vakolatxonalari sud immunitetiga egaligi prinsiplari hamda xalqaro fuqarolik protsessining maxsus prinsiplari tahlil qilindi. Maqolada B. Marshall, I.V. Getman-Pavlova, V.P. Zvekov, B. Simma, H.B. Avila, V.N. Kartashov kabi chet el olimlarining qarashlari o‘rganildi. Shuningdek, Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi Kishinev konvensiyasi, Fuqarolik protsessi masalalari to‘g‘risidagi Gaaga konvensiyasi, BMTning Davlat va davlat mulkining yurisdiksion immunitetlari to‘g‘risidagi, Ixtisoslashtirilgan muassasalarning immuniteti va imtiyozlari to‘g‘risidagi, Diplomatik aloqalar to‘g‘risidagi va Konsullik munosabatlari to‘g‘risidagi Vena konvensiyalari tahlil qilingan. Maqolada o‘rganilgan masalalar yuzasidan muhim nazariy xulosalar qilindi hamda bir qator takliflar berildi.
Kalit so'zlar
xalqaro fuqarolik protsessi, xalqaro xususiy huquq, xalqaro huquq, chet el elementi bilan murakkablashgan nizolar, huquq prinsipi.
Iqtibos uchun
For citation: