TЕLЕKOMMUNIKATSIYA XIZMATLARI KO‘RSATISH SHARTNOMASI TUSHUNCHASI VA O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Xursanov Rustam Xolmuratovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik huquqi kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Bugungi kunda ijtimoiy hayot, iqtisodiy munosabatlarni telekommunikatsiyalarsiz tasavvur qilish qiyin. Operator yoki provayderlar tomonidan taqdim etiladigan mazkur xizmat esa foydalanuvchi yoki abonent bilan tuzilgan shartnoma asosida taqdim etiladi. Telekommunikatsiya xizmatlarining rivojlanishi va taraqqiyoti esa istiqbolda ushbu xizmatning maishiy tusdagi xizmat turidan biriga aylanishiga olib kelishi mumkin. O‘zbekistonda telekommunikatsiya xizmatlarini esa Konstitutsiya darajasida belgilash va shu orqali fuqarolarning telekommunikatsiya tarmoqlari, xususan, internetdan foydalanish huquqini kafolatlash taklif etilmoqda. Bu holat telekommunikatsiyalar va uning bir ko‘rinishi bo‘lgan Internet tarmog‘ining nechog‘li ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Ayni paytda ushbu xizmatlarni ko‘rsatishning shartnomaviy-huquqiy tartibga solinishini ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq etish, mazkur shartnomaning yuridik tabiati va xususiyatlarini ochib berish muhim ahamiyatga ega.
Kalit so'zlar
telekommunikatsiya, shartnoma, huquq, majburiyat, bitim, operator, provayder, aralash shartnoma, abonent, buyurtmachi, ijrochi, xizmat, qonun, normativ-huquqiy hujjat, axborot, axborot xizmati, axborot almashinuvi, Internet tarmog‘i, telekommunikatsiya xizmatlari, konvensiya, telekommunikatsiya tarmog‘i, internetdan foydalanish, fuqarolik qonunchiligi.
Iqtibos uchun
For citation: