MA’MURIY HUJJATNI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBINING XUSUSIYATLARI HAMDA UNI TAKOMILLASHTIRISH ZARURATI
Azizov Bunyod Mavlonovich
Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada xorijiy davlatlar tajribasi hamda O‘zbekiston Respublikasining “Ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ma’muriy hujjatni o‘zgartirish, bekor qilish va haqiqiy emas deb topish tartib-taomillari ilmiy-nazariy tahlil qilindi. Ma’muriy hujjatni o‘zgartirish, bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topishda qonunchilikdagi mavjud muammolar va hal qilishning dolzarb tomonlari ochib berildi. Xorijiy davlatlar tajribasi ma’muriy hujjatni o‘zgartirish, bekor qilish va haqiqiy emas deb topishning turli usullari mavjudligi va samarali qo‘llanib kelinayotganini ko‘rsatdi. Ushbu mexanizmlarning aniq belgilanishi shu turdagi nizolarni yagona tartib orqali hal qilish imkonini beradi. Bu esa fuqarolarning ortiqcha vaqt va mablag‘ sarflashining oldini oladi, davlatning resurslari ham tejaladi. Xorijiy davlatlar qonunchiligidan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ma’muriy nizolarni hal qilish, ma’muriy hujjatni o‘zgartirish, bekor qilish va haqiqiy emas deb topish mexanizmlarini aniq belgilash, bunda ishonchni himoya qilish tamoyilini qo‘llash tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Ushbu takliflarning amaliyotga joriy etilishi qonunchilikda huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish hamda yagona huquqiy mexanizmlar belgilanishiga xizmat qiladi.
Kalit so'zlar
ma’muriy tartib-taomillar, ishonchni himoya qilish, ma’muriy hujjat, ma’muriy hujjatni o‘zgartirish, ma’muriy hujjatni bekor qilish yoki haqiqiy emas deb topish.
Iqtibos uchun
For citation: