XАLQАRO SUV HUQUQI TАMOYILLАRI VА NIZOLАRIDАN MАRKАZIY OSIYO UCHUN OLINАDIGАN XULOSАLАR
Tursunov Аbduxalil Аbdusalimovich
Toshkent davlat yuridik universiteti “Biznes huquqi” kafedrasi o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada xalqaro suv huquqi tamoyillariga asoslangan holda Markaziy Osiyodagi suv resurslari taqsimotiga oid nizoning huquqiy jihatlari tanqidiy tahlil etilgan. Xususan, xalqaro suv huquqidagi mavjud tamoyillar tahlil qilingan va xalqaro nizolarni hal etishda yetakchi rolni o‘ynayotgan tamoyillar ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, dunyodagi suv resurslari taqsimotiga oid boshqa nizolar – Nil, Mekong, Hind daryolari taqsimotiga oid nizolar va ularning huquqiy yechimlari namuna sifatida keltirilgan bo‘lib, ularda Markaziy Osiyodagiga o‘xshash nizolarda ishtirok etgan Hindiston va Pokiston, Misr va Sudan, Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlarini ko‘rish mumkin. Аyniqsa, Markaziy Osiyo davlatlariga nisbatan o‘zaro murakkabroq va muammoli munosabatlarga ega bo‘lsa-da, ayrim mamlakatlarning suv resurslari taqsimotiga oid nizolar bo‘yicha yakunda huquqiy yechimga erisha olganliklariga urg‘u berilgan. Maqola yakunida, Xalqaro arbitraj sudi tomonidan 2012-yili Kishenganga nizosini ko‘rib chiqishda ilgari surilgan xalqaro suv huquqi tamoyillaridan kelib chiqib, Markaziy Osiyodagi suv resurslari taqsimotiga oid nizoning huquqiy yechimlarini nazarda tutuvchi chora-tadbirlar taklif etilgan.
Kalit so'zlar
xalqaro suv huquqi tamoyillari, Markaziy Osiyo, suv taqsimoti nizosi, transchegaraviy suv resurslari.
Iqtibos uchun
For citation: