O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIK HUQUQI BO‘YICHA BEDARAK YO‘QOLGAN JISMONIY SHAXSLARNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI: BEDARAK YO‘QOLGANLIK  TUSHUNCHASI VA UNI ANIQLASH FAKTI ASOSLARI
		Burxanova Leyla Mariusovna
Toshkent davlat yuridik universiteti «Fuqarolik huquqi» kafedrasi dotsenti, yuridik fanlari nomzodi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yangi tahriri loyihasi ustida olib borilayotgan ishlar doirasida huquqiy tartibga solishning dolzarbligi va ilmiy yangiligi hamda bedarak yo‘qolganlik faktini aniqlash asoslari o‘rganildi. Ba’zi aniq holatlarni ko‘rib chiqish jarayonida bedarak yo‘qolganlik institutining roli va ahamiyati muhokama qilindi. Nikoh, oila, fuqarolik, mehnat, ijtimoiy va boshqa huquqiy munosabatlarning ishtirokchisi bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxsning bedarak yo‘qolganligi huquqiy muammolarni vujudga keltirishi mumkin bo‘lgan aniq huquqiy hodisa sifatida o‘rganildi. Bedarak yo‘qolgan shaxslar yuridik holatining turli asoslari tahlil qilindi. Nafaqat bedarak yo‘qolgan deb topish asoslari, balki bu turdagi fuqarolik ishlarida isbotlanishi kerak vaziyatlar ko‘rib chiqildi. Bedarak yo‘qolgan shaxsning huquqiy munosabatlarda boshqa ishtirokchilarning haq-huquqlari to‘qnash keladigan subyektiv shaxsiy va mulk huquqining yo‘qolish xulosalari shakllantirildi. Ishtirokchilari bedarak yo‘qolgan shaxslar bo‘lgan huquqiy munosabatlarga aniqlik kiritadigan bedarak yo‘qolganlar instituti qo‘llanishining asosiy maqsadi aniqlandi. Bedarak yo‘qolganlar institutining huquqiy natijalari ko‘rib chiqildi. Fuqarolik, oila va fuqarolik-protsessual qonunchiligini takomillashtirishda shaxsning bedarak yo‘qolgan deb topilishining huquqiy natijalariga oid takliflar bildirildi.
Kalit so'zlar
 shaxsning bedarak yo‘qolganligi; bedarak yo‘qolganlik fakti; mulk va shaxsiy huquqlar; yashash joyi; manzil; bedaraklik davomiyligi; noma’lumlik.
Iqtibos uchun
For citation: