Yuridik fanlar axborotnomasi maxsus son

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Alanazarzoda Sharof

Tojikiston Respublikasi Oliy Sudi sudyasi

Annotatsiya
Inson hamda fuqaroning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini himoya qilish, ayniqsa, sud ishlarida namoyon boʻladi, maʼmuriy adolat esa ijro etuvchi hokimiyat organlari va davlat xizmatchilari faoliyatida qonuniylik tamoyilining har tomonlama amalga oshirilishini taʼminlashga qaratilgan. Maqolada oʻn olti yildan ortiq vaqt davomida amal qilib kelayotgan Maʼmuriy protseduralar kodeksining roli taʼkidlangan va u maʼmuriy protseduralar asoslarining asosiy qonuni hisoblanadi. …

Yorg Pudelka

sudya, Berlin, Germaniya

Annotatsiya
Germaniyada qonunga sharhlar har qanday huquqshunos ishining asosiy qurolidir. Sharhlar hozirgi kundagi muhim sud amaliyoti va zamonaviy ta’limotlarni o‘z ichiga oladi. Germaniya noshirlik amaliyotida mamlakatning asosiy qonunidan tortib Germaniya fuqarolik kodeksi yoki ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risidagi qonuniga qadar kengaytirilgan, ko‘p jildli sharhlarning bir qancha misollarini ko‘rish mumkin. …

Dosmambetova Cho‘lpon Monoldorovna

Bishkek maʼmuriy sudi raisi (Qirgʻiziston Respublikasi)

Annotatsiya
Maqolada sudgacha shikoyat qilish tartibi masalasi muhokama qilinadi. “Ma’muriy faoliyat asoslari va ma’muriy tartib-taomillar to‘g‘risida”gi yangi Qonun va Qirg‘iziston Respublikasining Ma’muriy protsessual kodeksi ma’muriy adliyaning zamonaviy talablariga javob beradigan qoidalarni o‘z ichiga oladi. Chunki ularni ishlab chiqishda ma’muriy tartib-taomillar va ma’muriy sud jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha Yevropa tajribasi hisobga olingan. …

Duysenova Janar Muxamedkaliyevna

Ostona shahridagi ixtisoslashtirilgan tumanlararo maʼmuriy sud sudyasi

Annotatsiya
Maqolada Qozogʻiston Respublikasi Maʼmuriy protsessual kodeksini ixtisoslashtirilgan maʼmuriy sudlarda qoʻllash, maʼmuriy hujjatlar va maʼmuriy harakatlarning qonuniyligini protsessual talablar va maʼmuriy tartib-qoidalar tamoyillari prizmasi orqali baholash, masalalari koʻrib chiqilgan. Maʼmuriy hujjatlarning qonuniyligini tekshirishning sud amaliyoti masalalari yoritilgan. Davlat hokimiyati organlarining fuqarolar va yuridik shaxslar bilan huquqiy munosabatlari, jamoat huquqi sohasidagi maʼmuriy organning fuqarolar va tashkilotlarga nisbatan vakolatlarni amalga oshirish boʻyicha harakatlari algoritmi koʻrib chiqiladi. …

Yusupov Sardorbek Bahodirovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori (DSc)

Annotatsiya
Ushbu maqolada mamlakatimizda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan maʼmuriy islohotlar natijasida ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatining shaffofligi va ochiqligini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarga axborot taqdim etishning zamonaviy shakllarini joriy qilish, jamiyat va biznes bilan oʻzaro hamkorlik qilishda ortiqcha maʼmuriy sarf-xarajatlarga barham berish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar tizimli tahlil qilinadi. …

Тulteyev Ilyas Тavasovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Maqolada davlat boshqaruvining konstitutsiyaviy asoslarini qonunchilikda konkretlashtirishning mohiyati, zaruriyati va ayrim vazifalari ochib berilgan. Ushbu masalani oʻrganishning dolzarbligi mamlakat Konstitutsiyasining yangi tahriri mazmunidan kelib chiqib, amaldagi qonunchilikka oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zaruratidan kelib chiqadi. Muallif ilmiy tadqiqotning tarixiy, qiyosiy-huquqiy, tizimli va boshqa ayrim usullaridan foydalangan. Maqolada konstitutsiyaviy normalarni aniqlashtirish, ularning mohiyati va mazmunini batafsil yoritib berish, shuningdek, Konstitutsiya qoidalarini hayotga tatbiq etishning huquqiy mexanizmini barpo etish zaruriyatining obyektiv talabi asoslab berilgan. …

Nematov Joʻrabek Nematilloyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi professori v. b., yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunning qabul qilinganidan keyingi 6 yil ichida erishilgan asosiy yutuqlar va muammolar tahlil qilingan. Jumladan, maʼmuriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplari, maʼmuriy-huquqiy normalar, maʼmuriy aktga oid qoidalarning maʼmuriy sud amaliyotida qoʻllanishiga oid ayrim masalalar tahlil qilingan. Maʼmuriy sudlar tomonidan hali-hanuz maʼmuriy tartib-taomillarning asosiy prinsiplarini (“Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunning 5–19-moddalari) qoʻllash borasida ayrim muammolar mavjudligini koʻrish mumkin. …

Li Adik

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Maqolada tadbirkorlikni boshqarish bo‘yicha davlat organlari tizimining hozirgi holati va uning huquqiy ta’minoti tahlili keltirilgan. Shuningdek, bunday tizimning muhim xususiyatlari va uni huquqiy tartibga solish o‘rganilgan. Garchi bu tizimda tadbirkorlik faoliyatini boshqarishning yagona tashkiliy markazi bo‘lmasa-da, tadbirkorlik faoliyatini boshqaruvchi davlat organlari tizimini davlat mexanizmining ajralmas qismi sifatida ko‘rib chiqishning obyektiv qonuniyatlari belgilandi. Tadqiqotda tadbirkorlikni boshqarish bo‘yicha markaziy va mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimidagi tub o‘zgarishlar va ularning huquqiy holati ko‘rib chiqildi. Tadbirkorlik faoliyatini boshqarish bo‘yicha muayyan vakolatlar berilgan nodavlat organlarini, birinchi navbatda, O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasini tadbirkorlik faoliyatini boshqarish bo‘yicha davlat organlari tizimining elementlari sifatida tan olish va uning ushbu tizimdagi rolini oshirish zarurligi to‘g‘risidagi xulosa asoslab berildi. …

Xvan Leonid Borisovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Huquqni qoʻllash amaliyotida va ijtimoiy tarmoqlarga nazar tashlaydigan boʻlsak, ayrim kishilarda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun nazarda tutilgan, degan xato tasavvur shakllanganligini koʻrish mumkin. Maqolada muallif mana shu kabi qarashlarning xato ekanini, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, avvalo, shaxs huquq va erkinliklarini suddan tashqari himoya qilishning qonuniy shakllari sifatida qonunchilikka kiritilganligini koʻrsatib berishga harakat qiladi. Bu boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasidan misollar keltiradi. …

Jurayev Sherzod Yuldashevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Ushbu maqolada maʼmuriy-huquqiy munosabatlarning shakllanishida mutanosiblik prinsipi tushunchasi, uning oʻziga xos xususiyatlari, qonunchilikda va amaliyotda qoʻllanishining ayrim nazariy, huquqiy va amaliy masalalari keltirilgan. “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonunda belgilangan normaning maʼmuriy-huquqiy faoliyatda va maʼmuriy sudlar amaliyotida qoʻllanishida vujudga kelayotgan muammolar, xususan, aksariyat hollarda manfaatdor shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda mutanosiblik prinsipining muhim ahamiyatga ega ekanligi tahlil qilingan. Shuningdek, mutanosiblik prinsipini qoʻllash bilan bogʻliq sud amaliyoti va davlat organlarining faoliyatidan misollar keltirilib, qonunchilik nuqtayi nazaridan mualliflik sharhlari berilgan. …

Turaboyev Ixtiyorjon Qobilovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu maqolada amaldagi soliq qonunchiligida belgilangan soliq to‘lovchilarning soliqlarni to‘lash muddatini o‘zgartirish bo‘yicha qoidalar nazariy-ilmiy tahlil qilingan. Jumladan, soliqlarni to‘lash muddatini o‘zgartirish moliyaviy qiyin ahvolga tushib qolgan soliq to‘lovchilarga davlat tomonidan berilgan yordam ekanligi, bunday imkoniyat berilganida to‘lanishi kechiktirilgan soliq uchun foizlar hisoblanishi ularni yanada qiyin ahvolga solishi mumkinligi ta’kidlangan. …

Samig‘jonov Fazliddin Rafkatovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada budjet jarayoni va uning bosqichlari huquqshunos olimlarning fikrlari asosida tahlil qilingan. Shuningdek, muallif tomonidan budjet jarayonida iqtisodiy, huquqiy va siyosiy jihatlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liqligi, budjet jarayoni ham O‘zbekiston siyosatining ajralmas qismi ekanligi, uning samaradorligi mamlakatimizda budjet jarayonini huquqiy tartibga solish darajasi bilan belgilanishi isbotlab berilgan. …

Axrorov Adxamjon Asrorkul oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi katta oʻqituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada ekologiya sohasida vujudga keladigan maʼmuriy huquqiy nizolarni hal qilishning sud tartibi hamda maʼmuriy (suddan tashqari) tartibi, ularning bir-biridan farqli jihatlari, “maʼmuriy-huquqiy nizo” tushunchasi hamda ekologiya sohasidagi maʼmuriy-huquqiy nizolarning oʻziga xos xususiyatlari huquqshunos olimlarning ilmiy-nazariy tadqiqot ishlari asosida tahlil qilingan. Shuningdek, ekologiya sohasidagi maʼmuriy-huquqiy nizolarni sud tomonidan hal qilishning oʻziga xos jihatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mazkur toifadagi nizolarning sudlovga taalluqliligi masalasi amaliy misollar asosida yoritib berilgan. …

Gʻoziyev Kozimbek Jovlonbekovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya
Maqolada davlat va nodavlat oliy taʼlim tashkilotlarini tashkil etish va tartibga solish munosabatlarining mazmun-mohiyati, boshqaruvni amalga oshirishning oʻziga xos xu­susiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, mavjud milliy qonunchilikni tahlil etish asnosida oliy oʻquv yurtlarini boshqarishning oʻziga xos xususiyatlari ochib berilgan. Sohaga keng avtonomiya va erkinlik berish masalasiga alohida toʻxtalib oʻtilgan. …

Rajabova Karima Qahramonovna

Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida o‘rnatilgan saylovga oid nizolarni hal etish usullari, jumladan, ma’muriy va sud tartibi nazariy tushunchalari hamda protsedurasi tahlil qilinadi. Shuningdek, qonunchilikdagi bo‘shliqlar muhokama qilinadi. Tadqiqotni amalga oshirishda qiyosiy-huquqiy, amaldagi normalar va statistik maʼlumotlar tahlili kabi usullardan foydalanildi. O‘zbekiston demokratik huquqiy davlatini barpo etish jamiyatda erkin saylov huquqini shakllantirish, fuqarolarning davlat boshqaruvidagi rolini kuchaytirish, ommaviy-huquqiy munosabatlar sohasida tub o‘zgarishlar qilishni talab etadi. …

Raxmonov Otabek Qoʻchqor oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya
Mamlakatimizda korporativ huquq subyektlarini qayta tashkil etish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari qabul qilingan boʻlsa-da, qayta tashkil etishning asoslari, usullari, turlari va tartibi turli xilligi va murakkabligini nazarda tutib ular muayyan bir tizimga solinmaganligini, sohaga oid qonun hujjatlarini takomillashtirishni va ularning amal qilish mexanizmi izchilligini oshirishni talab qiladi. …

Jurayeva Asal Baxtiyevna

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi

Abdirahimov Islomjon Ilhomjon o‘g‘li

“Madad” NNT ijrochi direktori o‘rinbosari

Annotatsiya
Ushbu tadqiqot maqsadi O‘zbekistonning ikki tomonlama investitsiya shartnomalari (BIT) amaliyotini ko‘rsatib berish hamda mamlakatda xorijiy investorlar huquqlarining himoyasini misollar bilan izohlashdan iborat. Ushbu maqolada O‘zbekiston BIT qoidalari va O‘zbekiston BITlari doirasida investor va davlat nizolarini hal qilish tizimi ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarning doimiy oqimini ta’minlash uchun sarmoyadorlar ishonchini mustahkamlashga yordam beradigan samarali islohotlarni o‘tkazishi kerak. Rasmiy mexanizmlarga murojaat qilishdan avval O‘zbekistonga nizolarni hal qilishning do‘stona tizimidan foydalanishni kuchaytirish tavsiya etiladi. …

Xudoyberganova Mavjuda Hamroqulovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Maqolada farmatsevtika faoliyatining bir yo‘nalishi sifatida dori vositalari va tibbiy buyumlarini chakana realizatsiya qilish tartibi – mazkur faoliyatni litsenziyalash shartlari va talablari, shuningdek, dori vositalarini chakana realizatsiya qilish subyektlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar huquqiy asoslarga tayangan holda batafsil o‘rganib chiqilgan. Mamlakatimizning dori vositalari sohasiga oid barcha qonunlari aholini ijtimoiy himoya qilishda keng doiradagi fuqarolarga arzon va sifatli dori vositalarini yetkazish, tor doiradagi ayrim toifadagi fuqarolarini bepul yoki qisman haq to‘lash asosida dori vositalari bilan taminlashni nazarda tutadi. …

Avezova Eleonora Paraxatovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqola davlat fuqarolik xizmati kontekstida ijtimoiy himoya institutining mohiyati va funksiyalarini tahlil qilishga qaratilgan keng qamrovli tadqiqotdir. Muallif ijtimoiy siyosatni tahlil qilib, davlat fuqarolik xizmatchilarining farovonligini shakllantirishda ijtimoiy himoyaning rolini oʻzgartirishga eʼtibor qaratdi. Maqolada davlat fuqarolik xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilishning asosiy nazariy tushunchalari yoritilgan. Ishda, shuningdek, mavjud modellarning fundamental tahlilini taʼminlash va ijtimoiy xavflarni boshqarish boʻyicha innovatsion yondashuvlarni taklif qilish orqali davlat fuqarolik xizmatchilarini ijtimoiy himoya qilish tizimining samaradorligini baholashning asosiy uslubiy yondashuvlari taʼkidlangan. …