ADOLAT VA IJTIMOIY ADOLAT PRINSIPLARINING FARQLI JIHATLARI: NAZARIY-HUQUQIY TAHLIL
Kalit so‘zlar:
ijtimoiy davlat, jamiyat, tenglik, ijtimoiy adolat, resurslar taqsimoti, umumfarovonlik, mutanosiblik, legitimlikAnnotatsiya
Ushbu maqolada adolat va ijtimoiy adolat prinsiplarining oʻzaro bogʻliqligi hamda ularning
mazmun-mohiyatiga koʻra farqli jihatlari nazariy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda adolat prinsipi
umumhuquqiy, keng qamrovli va universal tushuncha sifatida ochib berilgan boʻlsa, ijtimoiy adolat prinsipi
esa ijtimoiy davlat va ijtimoiy institutlar faoliyatiga xizmat qiluvchi maxsus mezon sifatida baholangan.
Muallif tomonidan mazkur prinsiplarning mohiyati, obyekti va qamrov darajasi qiyoslanib, ularning oʻziga
xos xususiyatlari nazariy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada xorijlik olimlarning ilmiy qarashlari va sud
pretsedentlaridan faol foydalangan holda, dastlab adolat tushunchasining taqsimlovchi, tuzatuvchi, protsessual
va tarbiyaviy jihatlari yoritilgan. Keyingi bosqichda esa ijtimoiy adolat shunchaki adolat tushunchasining sinonimi
emas, balki jamiyatda barqarorlikni taʼminlovchi va davlat siyosati darajasida namoyon boʻluvchi fenomen ekanligi
ilmiy asoslab berilgan. Shu bilan birga, koʻtarilgan mavzuni tadqiq qilish davomida bir qator ilmiy va amaliy
xulosalarga kelindi. Xususan, adolat va ijtimoiy adolat prinsiplari oʻzaro bogʻliq va bir-birini toʻldirib tursa-da,
mazmun jihatdan turli tushunchalar hisoblanadi. Adolat qonuniylik, xolislik va tenglik muhitini yaratishga
qaratilgan umumhuquqiy prinsip boʻlsa, ijtimoiy adolat davlat va jamiyat munosabatlarini muvozanatlashtirib,
shaxslar oʻrtasida ijtimoiy barqarorlikni taʼminlovchi uning maxsus koʻrinishidir.



