ADOLAT VA IJTIMOIY ADOLAT PRINSIPLARINING FARQLI JIHATLARI: NAZARIY-HUQUQIY TAHLIL

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

ijtimoiy davlat, jamiyat, tenglik, ijtimoiy adolat, resurslar taqsimoti, umumfarovonlik, mutanosiblik, legitimlik

Annotatsiya

Ushbu maqolada adolat va ijtimoiy adolat prinsiplarining oʻzaro bogʻliqligi hamda ularning 
mazmun-mohiyatiga koʻra farqli jihatlari nazariy-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda adolat prinsipi 
umumhuquqiy, keng qamrovli va universal tushuncha sifatida ochib berilgan boʻlsa, ijtimoiy adolat prinsipi 
esa ijtimoiy davlat va ijtimoiy institutlar faoliyatiga xizmat qiluvchi maxsus mezon sifatida baholangan. 
Muallif tomonidan mazkur prinsiplarning mohiyati, obyekti va qamrov darajasi qiyoslanib, ularning oʻziga 
xos xususiyatlari nazariy jihatdan asoslab berilgan. Maqolada xorijlik olimlarning ilmiy qarashlari va sud 
pretsedentlaridan faol foydalangan holda, dastlab adolat tushunchasining taqsimlovchi, tuzatuvchi, protsessual 
va tarbiyaviy jihatlari yoritilgan. Keyingi bosqichda esa ijtimoiy adolat shunchaki adolat tushunchasining sinonimi 
emas, balki jamiyatda barqarorlikni taʼminlovchi va davlat siyosati darajasida namoyon boʻluvchi fenomen ekanligi 
ilmiy asoslab berilgan. Shu bilan birga, koʻtarilgan mavzuni tadqiq qilish davomida bir qator ilmiy va amaliy 
xulosalarga kelindi. Xususan, adolat va ijtimoiy adolat prinsiplari oʻzaro bogʻliq va bir-birini toʻldirib tursa-da, 
mazmun jihatdan turli tushunchalar hisoblanadi. Adolat qonuniylik, xolislik va tenglik muhitini yaratishga 
qaratilgan umumhuquqiy prinsip boʻlsa, ijtimoiy adolat davlat va jamiyat munosabatlarini muvozanatlashtirib, 
shaxslar oʻrtasida ijtimoiy barqarorlikni taʼminlovchi uning maxsus koʻrinishidir.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-08-06

Qanday Iqtibos Keltirish

ADOLAT VA IJTIMOIY ADOLAT PRINSIPLARINING FARQLI JIHATLARI: NAZARIY-HUQUQIY TAHLIL. (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(maxsus son), 22-30. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/609