JINOYAT ISHINI TUGATISH ASOSLARINING TASNIFI

Mahmudov Sunnat Azim oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi oʻqituvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada sud-huquq islohotlarini amalga oshirish bosqichida jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilik normalari asosida jinoyat ishini tugatish instituti tushunchasi, uning oʻziga xos jihatlari va jinoyat ishini tugatish asoslarining tasnifi tahlil etilgan. Maqolada olimlar tomonidan jinoyat ishini tugatish institutini tasniflash asoslari boʻyicha ilgari surilgan qarashlar orqali ushbu institutning qoʻllanish doirasi oʻrganildi. Olimlarning qarashlari va ilgari surgan gʻoyalaridan kelib chiqqan holda, jinoyat ishini tugatish asoslarining tasnifi ilmiy, nazariy, amaliy va qonunchilik normalari orqali tahlil etildi. Shuningdek, maqolada jinoyat ishini tugatish asoslari tasnifining surishtiruv va dastlabki tergovni tamomlashdagi oʻrni va ahamiyati, uning oʻziga xos jihatlari, jinoyat protsessual qonunchilik va sud-tergov amaliyotida yuzaga kelayotgan ayrim muammolar tahlil etildi. Maqolada olimlarning jinoyat ishini tugatish asoslarini tasniflash mezonlari boʻyicha bergan fikrlarini qiyosiy tahlil qilish, ularning bergan taʼriflaridagi tushunchalarni qonunchiligimizga asosan koʻrib chiqish orqali jinoyat ishini tugatish asoslari turli mezonlar asosida alohida tasnifga boʻlib chiqildi. Tahlil natijalari yuzasidan jinoyat protsessida jinoyat ishini tugatish institutini tasniflash mezonlari boʻyicha tegishli xulosalar, taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Kalit so'zlar
javobgarlik, jinoyat ishini tugatish, jinoyat ishini tugatish mezonlari, reabilitatsiya, reabilitatsiya qilinmaydigan asoslar, javobgarlikka tortish muddati, yarashuv.
Iqtibos uchun
For citation: