О‘N OLTI YOSHGA TО‘LMAGAN SHAXSGA NISBATAN UYATSIZ-BUZUQ HARAKATLAR QILISH JINOYATI TUSHUNCHASI VA AHAMIYATI
		Najimov Miratdiyin Shamshetdinovich
Qoraqalpoq davlat universiteti “Jinoiy-huquqiy va fuqarolik-huquqiy fanlar” kafedrasi mudiri
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
 Maqolada о‘n olti yoshga tо‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish jinoyati tushunchasi va ahamiyati, ushbu turdagi jinoyat uchun javobgarlik hamda О‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligida javobgarlikni takomillashtirish masalalari о‘rganilgan. Bundan tashqari, jinoyat tarkibi о‘ziga xos jinoyat nusxasi bо‘lib, о‘zida barcha jinoyat alomatlarini mujassamlashtirgan va shu alomat shaxs tomonidan sodir etilgan ijtimoiy xavfli qilmishda mavjud ekanligi jinoyat deb hisoblashga asos bо‘ladi. Uyatsiz-buzuq harakatlar deganda, о‘zida shahvoniy xususiyatga ega har qanday harakatlarni sodir etish tushunilishi ta’kidlanadi. Bunday harakatlar aybdor shaxsning jinsiy ehtiroslarini qondirish yoki voyaga yetmagan shaxsning jinsiy hissiyotini qо‘zg‘atishga qaratiladi. Jismoniy xususiyatga ega bо‘lgan uyatsiz-buzuq harakatlar deganda, aybdor yoki jabrlanuvchining jinsiy a’zolarini yalang‘och holga keltirish, jinsiy hissiyotni qо‘zg‘atishi mumkin bо‘lgan holda, jinsiy a’zolarga uyatsizlarcha tegish, jinsiy aloqa holatini imitatsiya qilgan holda, jinsiy buzuqlikni о‘rgatish, muayyan shahvoniy usullarni sodir etishga moyillikni uyg‘otish yoki unga majburlash, jabrlanuvchilar kо‘z о‘ngida jinsiy aloqa qilish yoki onanizm harakatlarini sodir etish kabilar tushuniladi.
 
Kalit so'zlar
   oila, yoshlar, jinoyat va jazo, qozi, islom huquqi, moddiy ta’minlashdan bо‘yin tovlash, javobgarlik, jinoyat qilishga undash, jinoyatga jalb etish, jismoniy yoki ruhiy tazyiq, harakat, о‘n olti yoshga tо‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish, о‘n olti yoshga tо‘lmagan shaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilish.
Iqtibos uchun
For citation: