FUQAROLIK SUD ISHLARINI YURITISH PRINSIPLARINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Хаbibullayev Davlatjon Yulchiboyevich

Тоshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada fuqarolik sud ishlarini yuritish prinsiplari, ularni takomillashtirish masalalari ilmiy-nazariy tahlil etilgan. Unda fuqarolik sud ishlarini yuritishda qonuniylik prinsipi tushunchasi va uning ahamiyati boʻyicha huquqshunos olimlarning fikrlari tahlil etilib, ushbu prinsip tushunchasiga ilmiy taʼrif ishlab chiqilgan. Xususan, fuqarolik protsessini boshlab beruvchi, harakatga keltiruvchi erkin huquq prinsipi hamda taraflarning tortishuvchilik prinsipi va ularning sud amaliyotida tutgan oʻrni, bu boradagi huquqshunos olimlarning fikr-mulohazalari ilmiy nazariy tahlil etilgan va xorijiy davlatlar fuqarolik protsessual qonunchiligi qiyosiy oʻrganib chiqilib, ilmiy-nazariy xulosalar va takliflar berilgan. Maqolada muallif protsessual huquqlarni suiisteʼmol qilmaslik masalasiga alohida eʼtibor qaratgan va uning oʻziga xos xususiyatlarini aniqlagan. Shuningdek, protsessual huquqlarni suiisteʼmol qilish nimalarda namoyon boʻlishi tahlil qilinib, bu boradagi ilmiy-nazariy tushunchalar oʻrganilgan va ushbu tushunchaga ilmiy taʼrif ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, fuqarolik sud ishlarini yuritish prinsiplari boʻyicha xorijiy davlatlar, jumladan, Yaponiya, Gretsiya, Bolgariya, Germaniya Konstitutsiyalari hamda Rossiya, Estoniya, Аrmaniston, Ukraina, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston Respublikalari fuqarolik protsessual qonunchiliklari milliy fuqarolik protsessual qonunchiligi bilan qiyosiy oʻrganilgan. Fuqarolik sud ishlarini yuritish prinsiplarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-nazariy xulosalar, taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.
Kalit so'zlar
fuqarolik sud ishlarini yuritish prinsiplari, qonuniylik, erkin huquq (dispozitivlik), protsessual huquqlarni suiisteʼmol qilmaslik, odil sudlov, sudya, tortishuvchilik, taraflarning tenghuquqliligi