TARIXIY HAQIQAT VA BADIIY TALQIN

Rasulmuxamedova Durdona Tolkundjanovna

Toshkent davlat yuridik universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Serqirra faoliyat sohibi, jahon xalqlari tarixida katta rol o‘ynagan Sohibqiron Amir Temur siymosi haqida turli-tuman baho, talqin-u tavsiflar va ko‘p hollarda bir-biriga zid qarashlar-u konsepsiyalar mavjud. Bunday ma’lumotlar nafaqat tarixiy asarlar, balki badiiy so‘z san’atida ham uchraydi. Tarixi olti asrlik davrni qamrab oladigan umumjahon temurnomasi xazinasidan atigi bir parchani, ya’ni o‘zbek temurnomasining istiqlol davri o‘zbek adabiyotidagi badiiy qamrov darajasini tadqiq etishga jazm qildik. Mazkur maqolada Sohibqiron Amir Temur va temuriylar davri haqidagi tarixiy haqiqat va badiiy talqin masalalari ochib berilgan. Unda temuriylar davrining asoschisi Amir Temur siymosining istiqlol davri adabiyotida qay darajada aks ettirilganligi yoritilgan. Tariximizning o‘rta asrlariga oid nuqtalarini yaxshi bilgan Qodiriy, Fitrat, Ayniy, Oybek, Shayxzoda kabi ijodkorlar Amir Temur siymosini imkoni boricha ijobiy jihatdan aks ettirishga harakat qilganlar. Buyuk zotning Turonzamin, Yaqin va O‘rta Sharq hamda Ovrupo xalqlari taqdirida tutgan o‘rni esa maqolada Bo‘riboy Ahmedovning “Amir Temur” romani misolida ko‘rsatilib, shu paytga qadar ilmiy, tarixiy va badiiy asarlarda unga berilgan noto‘g‘ri baho va talqinlarga qarama-qarshi o‘laroq obyektiv baho berilgan.
Kalit so'zlar
tarix, obraz, badiiylik, tarixiylik, tarixiy haqiqat, badiiy to‘qima, talqin, asar tahlili, janr.
Iqtibos uchun
For citation: