SLOVAKIYA RESPUBLIKASI JINOYAT QONUNCHILIGIDA JAZONI YENGILLASHTIRUVCHI VA QILMISHNING JINOIYLIGINI ISTISNO ETUVCHI HOLATLAR (QIYOSIY TAHLIL)

Islomov Bunyod Ochilovich

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mustaqil izlanuvchisi, “KDB Bank O‘zbekiston” AJ bosh yuriskonsulti

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada Slovakiya Respublikasi jinoyat qonunchiligida jazoni yengillashtiruvchi va qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlarni hisobga olish masalalari qiyosiy tahlil qilingan. Bu borada Slovakiyaning 2005-yil 20-mayda qabul qilinib, 2006-yil 1-yanvar sanasidan kuchga kirgan Jinoyat kodeksi hamda O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilinib, 1995-yil 1-aprel sanasidan kuchga kirgan Jinoyat kodeksining amaldagi tahriri bo‘yicha jazoni yengillashtirish instituti umumlashtirilgan holda, xususan, ruhiy holatning buzilishi holatida, shu jumladan, aqli norasolik va cheklangan aqli rasolik holatida sodir etilgan jinoyatlar, tamom bo‘lmagan jinoyatlar va ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlash masalalari, shuningdek, qilmishning jinoiyligini istisno etuvchi holatlar hamda jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy qaytish instituti o‘rganilgan. Har ikkala mamlakat jinoyat qonunlarining qiyosiy tahlili yuzasidan mazkur jinoyat qonunlarining o‘xshash va farqli jihatlari aniqlangan. Amalga oshirilgan qiyosiy tahlil yuzasidan xulosalar keltirilib, yakuniy fikr sifatida Slovakiyaning ayrim jinoyat-huquqiy me’yorlarini O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonuniga tatbiq qilishga doir takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
jazoni yengillashtirish, jinoiy qilmish, aqli norasolik, cheklangan aqli rasolik, zaruriy mudofaa, oxirgi zarurat, jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, jinoyat sodir etishga suiqasd qilish, voyaga yetmagan shaxs, jinoyatda ishtirokchilik.
Iqtibos uchun
For citation: