JINOYATNING OBYEKTIV TOMONI BELGILARI JINOYAT TARKIBI TO‘G‘RISIDAGI KONSEPSIYALARNING SHAKLLANISH ASOSI SIFATIDA: TAHLIL VA TAKLIF
		Xudaykulov Feruzbek Xurramovich
Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dosenti v.b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada tadqiq etishning mantiqiylik, tizimlilik, mantiqiy-yuridik, qiyosiy-huquqiy metodlaridan keng foydalanilgan. Jumladan, birinchi navbatda, jinoyat tarkibi to‘g‘risidagi konsepsiyalarning shakllanishi atroflicha bayon qilingan. Shuningdek, jinoyat tarkibi to‘g‘risidagi konsepsiyalarning shakllanishida jinoyatning obyektiv tomoni belgilari asosiy o‘rinni egallaganligi va ular haqida jinoyat huquqi nazariyasida olimlar tomonidan bildirilgan fikrlar, qarashlar yoritilgan bo‘lib, undan so‘ng esa jinoyat obyektiv tomoni belgilari asosida nemis klassik jinoyat huquqi maktabida jinoyat tarkibining boshqa subyektiv belgilari ishlab chiqilganligi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari ketma-ket tavsiflab berilgan. Shu bilan birga zamonaviy jinoyat huquqi nazariyasida mavjud jinoyat tarkibi tushunchasi ishlab chiqilishida jinoyatning obyektiv tomoni belgilarining o‘ziga xos ahamiyati bayon qilingan. Ushbu maqolada tadqiq etishning deduksiya metodi asosida jinoyat tarkibi to‘g‘risidagi ta’limotning asosi sifatida jinoyat obyektiv tomon belgilari, ya’ni corpus delicti – qonun tarkibi – jinoyat tarkibi tushunchasi to‘g‘risidagi jinoyat huquqida mavjud nazariy-ilmiy qarashlar o‘z aksini topgan. Shuningdek, ushbu maqolada asosiy e’tibor jinoyatning obyektiv tomoni belgilarining jinoyat tarkibi to‘g‘risidagi konsepsiyalarda va jinoyat tarkibi tushunchasi shakllanishida hamda rivojlanishida tutgan o‘rni va ularning o‘ziga xos jinoyat-huquqiy ahamiyati, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida keltirilgan javobgarlikning yagona asosi sifatida jinoyat tarkibi belgilari bilan bog‘liq nazariy va amaliy muammolar yoritilgan. Shu bilan birga, MDH davlatlari, xususan, Rossiya Federasiyasi va Moldova jinoyat qonunchiligi tahlil etilib, bu borada O‘zbekiston Respublikasi jinoyat qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
 jinoyat, corpus delicti, qonun tarkibi, jinoyat tarkibi, ijtimoiy xavfli qilmish, obyektiv belgilar, jinoyatning obyektiv tomoni belgilari.
Iqtibos uchun
For citation: