SOLIQ MАDАNIYATINI YUKCАLTIRISH SOLIQ INTIZOMINI TА’MINLАSHNING MUHIM ELEMENTI

Ergashev Ikrom Аbdurasulovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, dotsent, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Mazkur maqolada soliq solish tizimini soddalashtirish va soliq intizomini takomillashtirish, mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilash hamda soliq munosabatlari tizimida soliq madaniyatini yuksaltirish masalalari tobora global va dolzarb ahamiyat kasb etib borayotganligi asoslangan. Soliq intizomini mustahkamlash, soliq madaniyatini shakllantirish hamda barcha soliq to‘lovchilar uchun birdek adolatli, shaffof soliq tizimini yaratish va uni xalqaro standartlarga moslashtirish hamda soliq maʼmuriyatchiligini soddalashtirish, soliq solish sohacida qonun hujjatlaridagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish hamda insofli soliq to‘lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish maqsadida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli tizimli ishlar tahlil qilingan. Soliq subyektlari tomonidan soliq intizomiga rioya etishni taʼminlash, ular o‘rtacida vujudga keladigan munosabatlarning yangi samarali mexanizmlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq masalalarni huquqiy tartibga solish muhim ahamiyatga ega ekanligining nazariy-amaliy jihatlari tadqiq etilgan. Soliq intizomini takomillashtirish, soliq madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida qog‘ozsiz hujjat almashinuvida takomillashtirish va davlat soliq xizmati organlari hamda soliq to‘lovchilar o‘rtasida ishlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan dacturiy mahsulotlarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish borasidagi vazifalarni hal qilish muhim ekanligi tahlil etilgan. O‘zbekistonda soliq intizomini taʼminlashning asosiy yo‘nalishlari tahlil qilingan holda, uning qonunchilik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar
soliq to‘lovchi, soliq intizomi, soliq madaniyati, soliq maʼmuriyatchiligi, soliq tizimi, byudjet, majburiyat, soliqlar turlari, soliq kontseptsiyasi, majburiy to‘lovlar.
Iqtibos uchun
For citation: