O‘ZBEKISTONNING SUV KADASTRI QONUNCHILIGINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Toshboyeva Robiya Sobirovna
Toshkent davlat yuridik universiteti, «Ekologiya huquq» kafedrasi dotsent vazifasini bajaruvchi, yuridik fanlar nomzodi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada suv xavfsizligini ta’minlash hamda suv tanqisligi muammosini hal qilish mexanizmlaridan biri hisoblangan O‘zbekiston davlat suv kadastrini yuritishning huquqiy asoslari tahlil qilingan. Muallif tomonidan suv resurslarini boshqarishni amalga oshirishda suv va suv havzalari to‘g‘-risidagi davlat suv kadastrining geografik axborot tizimi sifatidagi mohiyati va maqsadlari ochib berilgan, suv kadastr ma’lumotlarini shakllantirishning huquqiy va texnologik asoslarini takomillashtirishning so‘nggi tendensiyalari innovatsion usullardan foydalanilgan holda, uning shaffofligini ta’minlash maqsa-dida umumlashtirilgan, suv kadastrini yurituvchi organlarning vakolatlari belgilangan. Suv-kadastr tizimidagi ijobiy o‘zgarishlarni tahlil qilish bilan birga, ularning yechimi, suvlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar-ning shaffofligi va haqqoniyligini ta’minlashga ko‘mak beruvchi ilmiy-amaliy xarakterga ega suv-kadastr ma’lumotlarini shakllantirishdagi ba’zi muammolar yoritilgan. Bundan tashqari, muallif MDH ayrim mamlakatlarining suv kadastr qonunchiligini «suv kadastri» tushunchasi nuqtayi nazaridan o‘rgangan, shuningdek, Yevropa, Osiyo va AQShning ba’zi rivojlangan davlatlarining suv resurslarini boshqarishda suv statistikasining ahamiyati o‘rganilgan va qiyosiy baho berilgan. Amaldagi suv qonunchiligi, maxsus huquqiy adabiyotlar, shuningdek, xorijiy tajribani tahlil qilish asosida muallif suv kadastr qonunchiligini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar bergan hamda suv kadastrini yuritishni huquqiy tartibga solishga, suv resurslarini iqtisodiy baholashning o‘tkazish tartibiga, shuningdek, manfaatdor jismoniy va yuridik shaxslarga suv kadastr ma’lumotlarini berish tartibiga qaratilgan uchta normativ-huquqiy hujjat loyihalarini ishlab chiqqan.
Kalit so'zlar
davlat suv kadastri, suv monitoringi, yagona axborot tizimi, suv kadastr ma’lumotlari, yer usti suvlari, yer osti suvlari, suvdan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, «aqlli suv», raqamlashtirish.
Iqtibos uchun
For citation: