JINOYAT ISHLАRI BO‘YICHА O‘ZАRO HUQUQIY YORDАM TO‘G‘RISIDАGI QONUNCHILIK USTIDАN PROKUROR NАZORАTI
Valijonov Daler Dilshodovich
Toshkent davlat yuridik universiteti “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi katta o‘qituvchisi
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqolada prokuratura idorasining jinoyat ishlari bo‘yicha huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha xalqaro hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Bundan tashqari, maqola xalqaro tashkilotlarning mintaqaviy doiradagi jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha hamkorlik faoliyatiga oid masalalarga bag‘ishlangan. Jumladan, ushbu ilmiy tadqiqot ishida xalqaro qidiruvdagi shaxslar biometrik hujjatlarini bekor qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bildirilgan. Muallifning xalqaro konventsiyalar, deklaratsiyalar va xorijiy mamlakatlar qonunchiligi bo‘yicha qiyosiy tahlilida ushbu ilmiy maqolaning o‘ziga xos xususiyatlari aks etgan. Tadqiqot mavzusining dolzarbligi shundaki, bunday jinoyatlar sodir etilishi zamonaviy texnik vositalar hamda havo va yer transportining yuqori texnologiyali obyektlari, yuqori transkontinental darajadagi tashkilot va ko‘plab moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, jumladan, noqonuniy, moliyaviy manbalardan foydalanish bilan tavsiflanadi. Bunday jarayonlarning salbiy natijasi oqibatida transmilliy xarakterdagi og‘ir jinoyatlar sonining sezilarli darajada ko‘payishi bilan izohlanadi. Davlatlar o‘rtasida lozim darajadagi huquqiy hamkorlikning mavjud emasligi jinoyatchilar bir davlatda jinoyat sodir etib, odil sudlov va prokuratura organlarining taʼqibidan qochish maqsadida noqonuniy ravishda boshqa davlat chegaralarini kesib o‘tishi salbiy holatlarning paydo bo‘lishi va tarqalishiga olib keladi. Jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarida xalqaro hamkorlik doirasidagi bunday jinoyatlarni ochish, tergov qilish va oldini olish muammosi bugungi kunda eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.
Kalit so'zlar
xalqaro hamkorlik, huquqiy yordam, jinoiy javobgarlikka tortish, ekstraditsiya, mintaqaviy tashkilotlar, raqamli globalizatsiya, raqamli integratsiya.
Iqtibos uchun
For citation: