IXTIYORIY TIBBIY SUG‘URTА SHАRTNOMАSI OB’EKTINI АNIQLАSH MUАMMOLАRI
Boltayev Mansurjon Sotivoldiyevich
yuridik fanlar nomzodi, dotsent, Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali kafedra mudiri
Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Maqola ixtiyoriy tibbiy sug‘urta shartnomalarini bajarish bo‘yicha amaldagi qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyoti muammolariga bag‘ishlangan. Shu sababli unda ixtiyoriy tibbiy sug‘urta sohasi munosabatlarini tartibga solishga oid asosiy normativ-huquqiy hujjatlar – O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi hamda xorijiy mamlakatlar qonunchiligi normalari tahlil qilingan. Shuningdek, maqolada sug‘urta manfaati kategoriyasini aniqlash muammolari tahlili asosida ixtiyoriy tibbiy sug‘urtaning obyektini aniqlash masalalari yoritilgan. Bunda sug‘urta manfaati sifatida sug‘urta qildiruvchi va sug‘urta obyektining o‘zaro huquqiy bog‘liqligi asosiy mezon sifatida ochib berilgan.
Kalit so'zlar
sug‘urta, ixtiyoriy tibbiy sug‘urta, sug‘urta manfaati, sug‘urta qildiruvchi, sug‘urtalangan shaxs, sug‘urtalovchi, sug‘urta obyekti, mol-mulk, shaxsiy sug‘urta, mulkiy sug‘urta.
Iqtibos uchun
For citation: