GIYOHVАNDLIK VOSITАLАRI, PSIXOTROP MODDАLАR VА ULАRNING АNАLOGLАRI NOQONUNIY АYLАNISHI SOHАSIDАGI JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH BO‘YICHА XАLQАRO TАJRIBА

Musayev Djamaliddin Kamalovich

Bojxona instituti «Maxsus huquqiy fanlar» kafedrasi katta o‘qituvchisi

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqola giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimining xalqaro miqyosdagi qiyosiy tahliliga bag‘ishlangan. Maqolada huquqbuzarliklarni aniqlash va oldini olish, shuningdek, dunyoning turli mamlakatlarida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning aylanishini nazorat qilish masalalari muhokama qilingan. Giyohvand moddalarni isteʼmol qilish sohasidagi mavjud vaziyatni bartaraf etishda yondashuvning xarakterli xususiyatlari, noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish jarayonida ushbu noxush hodisaga qarshi turishda turli usullardan foydalanish tahlil etilgan. Butun insoniyatning global muammosiga qarshi kurashish usullaridan birgalikda foydalanish zarurati aniqlandi va asoslandi. Mazkur tadqiqot asosida muallif jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha jahon tajribasiga eʼtiborni jalb etish va uni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga kiritishni taklif qiladi.
Kalit so'zlar
giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, noqonuniy aylanish, narkotiklar, giyohvandlik statistikasi.
Iqtibos uchun
For citation: