TERGOV QILISH YOKI SUD ISHLARINI HAL ETISHGA ARALASHISH JINOYATLARINING IJTIMOIY XAVFLILIGI VA KONSTRUKTIV XUSUSIYATLARI MASALASI

Anorboyev Murodjon Rahmonqul o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti «Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish» kafedrasi doktoranti

Muallif haqida ma'lumot
Annotatsiya
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasida so‘nggi yillarda jinoyatchilik bilan kurashish, xususan, odil sudlovga qarshi jinoyatlardan biri – tergov qilish yoki sud ishlarini hal etishga aralashish qilmishlari jinoyat-huquqiy jihatdan tahlil qilingan. Jinoyatning ijtimoiy zarurati, soha huquqiy asoslarining doimiy takomillashtirib borilishi, bu jinoyatlarga qarshi kurashda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan huquqiy muammolarni bartaraf etish maqolaning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanadi. Bunda jinoyatning konstruktiv xususiyatlari huquqiy yo‘nalish sifatida belgilab olingan. Odil sudlov munosabatlaridan kelib chiqadigan jinoiy qilmishlardan biri bo‘lgan tergov qilish yoki sud ishlarini hal etishga aralashish tufayli vujudga keladigan jinoyat-huquqiy munosabatlarning obyektiv va subyektiv jihatlari yoritib berilgan. Tadqiqotning asosiy maqsadi mazkur sohadagi munosabatlarda yuzaga keluvchi holatlarni bartaraf etish uchun qonunchilik rivojlanishini tahlil qilishdir. Shu bilan birgalikda, aralashish shakllari va mansabdor shaxslar faoliyati bilan birgalikda ilmiy qarashlar ham o‘rganilgan. Bundan tashqari, sohadagi norma ijodkorligi jarayonini yanada rivojlantirish uchun tegishli xulosalar chiqarilgan.
Kalit so'zlar
javobgarlik; aralashish; prokuror; tergovchi; sudya; tergov; ko‘rib chiqish; jinoyat ishi.
Iqtibos uchun
For citation: