Yuridik fanlar axborotnomasi Maxsus son

Аzimov Hakimali Imomovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Umumta’lim fanlar va madaniyat kafedrasi professor v. b.

Annotatsiya
Mazkur maqolada Konstitutsiyamizning mamlakatimizda odil demokratik fuqarolik jamiyati barpo etishning huquqiy poydevori bo‘lib xizmat qilib kelayotganligi hayotiy misollar va bir qator materiallar asosida ko‘rsatib berilgan. Bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligiga 30 yil to‘lishi munosabati bilan bosib o‘tilgan tarixiy davrga atroflicha e’tibor qaratishga harakat qilingan…

Madiyev Faxriddin Hoshim o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Konstitutsiyaviy huquq kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada axborot makonida shaxsiy hayot daxlsizligini ta’minlashning konstitutsiyaviy asoslari tahlil qilingan. Hozirgi rivojlangan axborot texnologiyalari shaxsiy hayot daxlsizligini ta’minlashning huquqiy, siyosiy, tashkiliy hamda iqtisoiy kafolatlarini takomillashtirish, shaxsiy hayot daxlsizligini ta’minlashning zamonaviy konseptual va metodologik asoslarini rivojlantirish, bunday huquqlarni ta’minlash prinsiplarining yaxlit bir mexanizmini yo‘lga qo‘yish masalalariga tanqidiy-tahliliy baho berish zaruratini keltirib chiqarmoqda…

Allayorov Jahongir Toshpo‘latovich

Xalqaro xususiy huquq kafedrasi dotsenti v.b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu maqolada xalqaro fuqarolik protsessi prinsiplari, ularning milliy protsessual huquq va xalqaro xususiy huquq prinsiplaridan farqli jihatlari tadqiq qilingan. Xalqaro xususiy huquqning o‘zarolik prinsipi, xalqaro xushmuomalalik prinsipi, milliy rejim prinsipi, sud qonuni prinsipi, erk muxtoriyati prinsipi, xalqaro ommaviy huquqning davlatlar suveren tengligi, xorijiy davlat va uning vakolatxonalari sud immunitetiga egaligi prinsiplari hamda xalqaro fuqarolik protsessining maxsus prinsiplari tahlil qilindi. ..

Xayitov Muzaffar Muxamadjonovich

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Maqolada jamiyatning asosiy bo‘g‘ini bo‘lgan oilaning mustahkam bo‘lishi, farovon oilaning qaror topishida muhim o‘rin tutgan ota-onalik huquqlari va majburiyatlari, ularga rioya qilinishining o‘rni va ahamiyati tadqiq qilingan. Oila, ota-ona va farzand o‘rtasidagi munosabatlar muhim huquqiy kategoriya sifatida konstitutsiyaviy normalar darajasida tartibga solinganiga eʼtibor qaratilgan. ..

Narimonov Bekzod Abduvaliyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada nodavlat notijorat tashkilotlarini tugatish tushunchasi, turlari, maqsadi, shuningdek, nodavlat notijorat tashkilotlarni tugatish bilan bogʻliq huquqni qoʻllash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolar tahlil etilgan. Nodavlat notijorat tashkilotni ixtiyoriy tugatish amalda unga ehtiyoj qolmaganda amalga oshiriladi. Bu jarayonda nodavlat notijorat tashkilotning yuqori organi ham amalda mavjud boʻlmaydi. ..

Jahonov Shohruh Shuhrat o‘g‘li

mustaqil izlanuvchi

Annotatsiya
Maqolada rivojlangan mamlakatlarda fuqarolik jamiyati institutlari va davlatning samarali hamkorligi ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni hal qiluvchi hamkorlik shakli sifatida dolzarb hisoblanishi tahlil qilingan. Demokratik tartib-qoidalar asosida shakllantirilgan davlat hokimiyati apparati faoliyati samaradorligi, jumladan, fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratining mavjudligi, jamoatchilik nazoratiga bugungi kunda hokimiyatga bosim vositasi sifatida emas, balki fuqarolik jamiyati va davlat o‘rtasidagi uyg‘un muloqot usuli sifatida qaralishi hamda jamiyatdagi ijtimoiy keskinlikni bartaraf etishga xizmat qiluvchi asosiy omillardan biri hisoblanishi o‘rganilgan. …

Xojabekov Muftulla Jolmurza o'g'li

Toshkent davlat yuridik universiteti Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Maqolada har bir fuqaroning o‘z mehnat faoliyati, xususan, o‘rindoshlik va bir necha kasbda ishlash kabi konstitutsiyaviy huquqlariga alohida e’tibor qaratilgan. Bugungi kunda dolzarb bo‘lgan mehnat huquqining bu instituti, uning huquqiy tabiati va boshqa mehnat turlaridan farqli xususiyatlari, shuningdek, o‘rindoshlik asosida ishlash to‘g‘risidagi mehnat shartnomasini tuzish, uni o‘zgartirish va tugatishning alohida tartibi o‘rganildi….

Murodullayev Dostonjon Nigmatullo o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida mustahkamlangan mehnat qilish huquqini ta’minlovchi va ro‘yobga chiqaruvchi asosiy omil mehnat shartnomasi hisoblanadi. Mehnat shartnomasini tuzish orqali mehnat qilish huquqi bevosita qonun himoyasiga olinadi. Chunki ushbu shartnomada xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi munosabatlar tartibga solinadi. ..

Xusainova Umida Abdixalikovna

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi tayanch doktoranti

Annotatsiya
Maqolada sud ishlarini yuritishda taraflar tortishuvi prinsipi tushunchasi, ahamiyati va uning mazmun-mohiyati haqidagi ilmiy qarashlar bayon etilgan. Taraflar tortishuvi prinsipini amalda ta’minlashda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning sabablari to‘g‘risidagi fikrlar ko‘rsatilgan. Sud-huquq islohotlarining bugungi kundagi asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan sud protsesslarida tortishuvchanlik prinsipini kuchaytirish, taraflarning sud protsessidagi faolligini oshirish, ularga ish bo‘yicha dalillar to‘plash va uni sudga taqdim etish bo‘yicha keng imkoniyatlar yaratish uchun ushbu prinsipning asosiy qonun – Konstitutsiyada mustahkamlanishi zaruriyati xorijiy tajriba bilan qiyosiy tahlil asosida yoritilgan…

Toshpulatov Аkrom Ikromovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi, yuridik fanlar nomzodi

Annotatsiya
Davlatning yagona huquq tizimi Konstitutsiyaga asoslanadi va unga bo‘ysunadi. Konstitutsiyadagi normalar boshqa huquq sohalarida ushbu sohani tartibga solish predmetidan kelib chiqqan holda o‘z aksini topadi. Shu jumladan, jinoyat huquqi ham Konstitutsiya normalariga asoslanadi. Konstitutsiya jinoyat huquqi normalariga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatib, ularning shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga qaratilganligini belgilaydi va shu orqali barcha jinoyat qonunchiligining ijtimoiy mazmunini belgilaydi..

Otegenova Luiza Joldasbayevna

O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada zaruriy mudofaadan foydalanishning konstitutsiyaviy asoslari va jinoyat-huquqiy shartlariga doir masalalar bayon etilgan. Shuningdek, maqolada zaruriy mudofaa huquqi har bir shaxsga tegishli huquq ekanligi, shaxs o‘zining, boshqa jabrlanuvchilarning, jamiyat va davlat manfaatlarini qonunga xilof tajovuzlardan himoya qilish huquqiga egaligi, shaxslarning bu huquqlari konstitutsiyaviy darajada belgilanganligi ta’kidlangan. …

Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti doktoranti, kapitan

Annotatsiya
Ushbu maqolada dunyo mamlakatlari konstitutsiyalarida afv etish instituti qo‘llashning turlari, mavjud protsessual muammolar va ish yurituvini rad etish yoki tugatish asoslari sifatida qayd etishning huquqiy tartibga solish jihatlari tadqiq etilgan. Shuningdek, maqolada qonunchilik nuqtayi nazaridan afv etish va amnistiyaning o‘zaro farqli jihatlari, afzalliklari hamda tafovutlari tahlil qilingan bo‘lib, unda mavjud kollizion holatlar borasida fikrlar bildirilgan. ..

Kuchkarov Xayrulla Zikirillayevich

О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi professori, yuridik fanlar bо‘yicha falsafa doktori, (PhD)

Annotatsiya
Maqolada qonunchilik normalari, ilmiy fikr va mulohazalarning ilmiy tahlili amalga oshirilgan hamda sud qarorlarini qayta kо‘rish institutini qо‘llash amaliyoti о‘rganilgan. Jinoyat ishlarini yuqori instansiya sudlari, jumladan, apellyatsiya va kassatsiya tartibida qayta kо‘rishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari tizimli tadqiq etilgan…

Maxmudov Sunnat Azim oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat-protsessual huquqi kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada sud-huquq islohotlarini amalga oshirishda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchilik normalari asosida jinoyat ishini tugatish instituti tushunchasi, uning oʻziga xos jihatlari va jinoyat ishini reabilitatsiya qilinmaydigan asoslar boʻyicha tugatishda yuzaga keladigan ayrim muammolar tahlil etilgan. Maqolada olimlar jinoyat ishining reabilitatsiya qilinmaydigan asoslari boʻyicha ilgari surgan..

Xayrullayeva Dilbar Abdusamatovna

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti mustaqil tadqiqotchisi

Annotatsiya
Ozchiliklar huquqlarining konstitutsiyaviy-huquqiy kafolatlari teng huquqlilik va kamsitmaslik tamoyillariga asoslanadi. Zamonaviy xalqaro huquq nazariyasida ozchiliklar toifasiga oid mezonlar rivojlanishi sohaga oid asosiy universal va mintaqaviy xalqaro hujjatlar qabul qilinishi hamda ozchiliklar huquq va manfaatlarini himoyalash mexanizmlari shakllanishi bilan bevosita bog‘liq. Jamiyatda bag‘rikenglik va insonparvarlik madaniyatini yuksaltirish, millatlararo va konfessiyalararo hamjihatlik, fuqarolar totuvligini ta’minlash, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona, teng huquqli va o‘zaro manfaatli munosabatlarni mustahkamlash O‘zbekiston davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir….