Yuridik fanlar axborotnomasi 4 / 2022

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Nematov Jo‘rabek Nematilloyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi professori v.b., yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Ma’muriy odil sudlovning O‘zbekistonda kelib chiqishi va rivojining ilmiy-amaliy yutuqlarini e’tirof etgan holda mazkur maqolada bugungi kunda sud amaliyotida uchrayotgan ma’muriy huquq normalari va fuqarolik huquqi normalarini ma’muriy ishlarni ko‘rishda qo‘llashga oid bahsli masalalar tahlil qilinadi. Hozirgi kunda fuqarolik qonun hujjatlarining yer bilan bog‘liq ma’muriy nizolarni ko‘rishda qo‘llanish holatlari mavjudligini ko‘rish mumkin. Maqolada ma’muriy sud amaliyotidagi amaliy misol tahlili keltirilgan. …

Burxanova Leyla Mariusovna

Toshkent davlat yuridik universiteti, Fuqarolik huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlari nomzodi

Annotatsiya
Maqola Toshkent davlat yuridik universitetida (sobiq Toshkent davlat universiteti) uzoq yillar davomida o‘quv va tashkiliy ishlar olib borgan taniqli huquqshunos olim, akademik Sh.Z. Urazayev faoliyatiga bag‘ishlangan…

Saidazimov Yusuf Sodiq o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Ma’muriy va moliya huquqi kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ma’muriy huquq sohasida ma’muriy aktlar, ularning boshqa akt va hujjatlar, jumladan, ichki idoraviy, normativ va protsessual hujjatlardan farqli jihatlari, huquqiy maqomi, ma’muriy aktni o‘zgartirish, bekor qilish va haqiqiy emas deb topishda ma’muriy aktning belgilari ularning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash va tushunishda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi…

Ruzinazarov Shuhrat Nuraliyevich

Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Achilova Liliya Ilhomovna,

Toshkent davlat yuridik universiteti Biznes huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada haq evaziga turistik xizmatlar koʻrsatish boʻyicha majburiyatlar, ularning shartnomaviy huquqiy tabiati, ayniqsa, turistik kompaniyalarning huquqiy maqomi, turistik operator va turistik agentlarning huquq subyektligi, ularning oʻzaro oʻxshash va farqli jihatlari haqida soʻz yuritilgan…

Yuldashov Abdumumin Abdugopirovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Intellektual mulk huquqi kafedrasi dotsenti v. b., yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu maqolada axborot kommunikatsiyalari, aloqa hamda intellektual mulk sohasidagi qonun hujjatlarida mualliflik huquqining muhofazasi va himoyasi bilan bog‘liq normalar hamda ularning mazmun-mohiyati yuzasidan qiyosiy-huquqiy tahlil amalga oshirilgan. Ma’lumki, bugungi kunda mualliflik huquqi bilan bog‘liq jarayonlar Internet va telekommunikatsiya tarmoqlari yordamida amaliyotga kirib kelmoqda. Bu borada aynan mualliflik huquqi obyektlari himoyasining texnik vositalari alohida o‘rin tutadi….

Esanova Zamira Normurotovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Fuqarolik protsessual va iqtisodiy protsessual huquqi kafedrasi professori,
yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada fuqarolik sud ishlarini yuritishda javobgar manfaatlarini himoya qilishning dolzarb protsessual masalalari haqida fikr bildirilgan. Unda javobgar huquq va manfaatlarini himoya qilishning protsessual vositalari sifatida eʼtiroz va qarshi daʼvo masalalari, ularning bir-biridan oʻxshash va farqli jihatlari, mazkur institutlarning sud amaliyotidagi oʻrni, ilmiy tadqiqotlardagi munozarali jihatlari, fuqarolik sud ishlarini yuritishda taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi haqidagi fikr-mulohazalar, taklif-tavsiyalar yoritilgan..

Xudoynazarov Dadaxon Avaz o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya
Mazkur maqoladan asosiy tushunchalar, milliy va xorijiy huquqshunos olimlarning sudya yordamchisi va sud majlisi kotibi borasidagi fikr va mulohazalari, sudya yordamchisi (sud majlisi kotibi) faoliyatining huquqiy asoslari, sudya yordamchisi va sud majlisi kotibi uchun zarur talablar, ularning odil sudlovni amalga oshiruvchi shaxslar bilan munosabatlari, sud apparati xodimlari borasida fikrlar, sudya yordamchisi va sud majlisi kotibining sud majlisida ishtirok etishi, xorijiy davlatlar tajribasi asosida vazifa va vakolatlari, sudya yordamchisi (sud majlisi kotibi)ning huquq va majburiyatlari, javobgarligi, sudya yordamchisi (sud majlisi kotibi)ning vakolatlari va vazifalari, ularga yuklatilishi taklif qilinayotgan qo‘shimcha ishlar, vakolat va vazifalarni kengaytirish, odil sudlovni amalga oshirishga ko‘maklashuvchi shaxslardan ajralib turadigan o‘ziga xos xususiyatlari, iqtisodiy protsess ishtirokchilari ichida alohida guruh sifatida keltirish, protsessual huquq va muomala layoqati, sudya yordamchisi (sud majlisi kotibi)ning huquq subyektliligi, sudya yordamchilari (sud majlisi kotibi)sonini oshirish, o‘z-o‘zini rad qilish asoslari, sud majlisidagi tartib, milliy va xorijiy tajriba, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar o‘rin olgan.

Musayev Bekzod

Toshkent davlat yuridik universiteti Xususiy huquq fakulteti dekani, DSc, dotsent

Annotatsiya
Mazkur maqolada demografik va globallashuv jarayonidagi o‘zgarishlar, Covid-19 ning jamiyatdagi ijtimoiy hamda umumiy huquqiy yondashuvlarga ko‘rsatgan taʼsiri natijasida shakllanayotgan raqamli jamiyatda migratsiyani tartibga solish istiqbollari, uning oqibatlari va sabablari o‘rganilgan…

Murodullayev Dostonjon Nig‘matullo o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada “mehnat shartnomasini bekor qilish”, “mehnat shartnomasini to‘xtatish” va “ishdan bo‘shatish” tushunchalarini qo‘llash masalalari hamda mehnat shartnomasini bekor qilish asoslaridan biri sifatida mehnat shartnomasining taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan holatlar bo‘yicha bekor qilinishi tahlil qilingan. …

Xudoyqulova Dilorom Xolovna

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumani adliya boshqarmasi bosh mutaxassisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada dunyoda kuzatilayotgan oziq-ovqatlar taqchilligiga qaramasdan, minglab tonna oziq-ovqat chiqindilarga aylanayotgan, buning evaziga dunyoda millionlab odamlar ochlikdan aziyat chekayotgan ta’kidlangan…

Niyozova Salomat Saparovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, y.f.d.

Annotatsiya
Mazkur maqolada qasddan odam o‘ldirishning jinoyat-huquqiy jihatlari tahlil etilgan bo‘lib, muallif bu masalada olimlarning fikr va mulohazalarini o‘rganib, tegishli taklif hamda tavsiyalar bergan. Bundan tashqari, muallif maqolada O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksi Maxsus qismining birinchi bo‘limi “Shaxsga qarshi jinoyatlar”, aynan birinchi bobi “Hayotga qarshi qaratilgan jinoyatlar”ning mustahkamlanishi, yana bir bor insonning yashash huquqi kafolatlanganligi haqida so‘z yuritadi. Shuningdek, uning barcha qadriyatlardan ustun ekanligidan dalolat berishi hamda qasddan odam o‘ldirish jinoyatida jinoyat sodir etish usulining ahamiyati va uning o‘ziga xos ijtimoiy xavfliligi, eng ulug‘ ne’mat bo‘lmish hayotdan insonni mahrum etish jamiyatga juda ham katta ziyon yetkazadi, degan fikrni bildiradi….

Matchanov Faxriddin Kuramboy o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada muallif O‘zbekiston Respublikasi jinoiy jazolarni ijro etish tizimida mahkumlarni axloqan tuzatish vositalarining turlari va ularning funksiyalarining o‘ziga xos jihatlarini tahlil qilgan. Muallifning qayd etishicha, jinoyat-ijroiya qonunchiligida mahkumni axloqan tuzatishning asosiy vositalari orasida birinchi o‘rinda jazoni ijro etish va o‘tashning belgilangan tartibi (rejimi) belgilab qo‘yilgan…

Hakimov Komil Baxtiyarovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada muallif javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarda qasddan odam oʻldirish: tushunchasi, mazmuni va oʻziga xos jihatlarini yoritgan. Muallifning qayd etishicha, jinoyatni yengillashtiruvchi holatda sodir etilgan deb topishning belgisi sifatida JK 98-, 106-moddalarida kuchli ruhiy hayajonlanish (affekt) holati nazarda tutilgan. Mazkur jinoyat jabrlanuvchining gʻayriqonuniy va axloqqa zid xulq-atvoriga nisbatan javob reaksiyasi sifatida namoyon boʻladi. Aynan jabrlanuvchining gʻayriqonuniy va axloqqa zid xulq-atvori “kechirimli” holat sifatida namoyon boʻladi va jinoyatni ijtimoiy xavflilik darajasi pasayishiga sabab boʻladi…

Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti doktoranti, kapitan

Annotatsiya
Ushbu maqolada shaxslarning o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod etishda ish yuritishni rad etish yoki tugatish bilan bog‘liq protsessual muammolar va mazkur masalalarni huquqiy tartibga solish jihatlari tadqiq etilgan. Shuningdek, aybdor qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod etishning zaruriy shartlari huquqiy jihatdan tahlil etilib, unda “birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs” jumlasining huquqiy tavsifi yuzasidan fikrlar bildirilgan…

Salomov Jasur Botirovich

O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi bosh maslahatchisi

Valeev Аrtur Mahmudovich

O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi yetakchi maslahatchisi

Annotatsiya
Maqolada mualliflar tomonidan mustaqillik davridan to bugungi kunga qadar mamlakatimizda sport sohasi rivoji (qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, boshqa amaliy ishlar) darajasi tahlil qilindi. …

Аlmosova Shahnoza Sobirovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada intellektual mulk obyektlarining bojxona nazoratida kuzatiladigan “parallel import” hodisasi tushunchasiga berilgan turli ilmiy taʼriflar bilan birga uning xalqaro savdodagi ahamiyati, davlat iqtisodiy holatiga ta’siri, aholining xarid imkoniyatlarini kengaytirishi muhokama qilinib, intellektual mulk obyektlari bilan bog‘liq holatda parallel import masalalari ularning huquqiy muhofazasiga ta’sir ko‘rsatadimi-yo‘qmi, degan savollarga javob beriladi. Shu bilan bir qatorda, uni milliy qonunchilikda huquqiy tartibga solish masalalari hamda umumiy intellektual mulk huquqlari tizimidagi o‘rni muhokama qilinadi. …

Turdialiyev Muhammad Аli Po‘latjon o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro xususiy huquq kafedrasi o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada gibrid huquq tizimining mohiyati, klassik taʼrifi hamda qo‘llanilishi tahlil qilingan. Bugungi kunda dunyoning huquqiy xaritasida bir nechta huquqiy tizimlar mavjud bo‘lib, romano-german huquqiy tizimi, umumiy huquq, diniy huquq va aralash huquqiy tizimlar shular jumlasidan….

Mamataliyev Toʻlqin Xushmamat oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada taʼlim olishda shaxsning asosiy huquqlari, masofaviy taʼlim tushunchasi, paydo boʻlish tarixi, zarurati, shuningdek, masofaviy taʼlimning xalqaro doiradagi asoslari va bugungi kunda Oʻzbekistonda ushbu taʼlim shaklining ahamiyati va dolzarbligi, masofaviy taʼlimning zamonaviy axborot jamiyatidagi oʻrni, global masofaviy taʼlim bozori, oliy taʼlim tashkilotlarida masofaviy taʼlimni tashkil etish, masofaviy taʼlimni tashkil etishga qoʻyiladigan talablar haqida fikr yuritiladi….