Yuridik fanlar axborotnomasi 4 / 2023

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Axmedshayeva Mavlyuda Axatovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Hokimiyatlarning bo‘linishi prinsipi davlat hokimiyatining o‘z manbasiga ko‘ra bir xil bo‘lgan uchta o‘zaro mustaqil tarmoqqa bo‘linishini nazarda tutadi. Davlat hokimiyatining har bir tarmog‘i davlat faoliyatining muhim yo‘nalishi uchun mas’ul bo‘lib, shu bilan birga, hokimiyatning boshqa bo‘g‘inlarining o‘z vakolatlari doirasidagi faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bunday nazorat “bir-birini cheklab, muvozanatda ushlab turish” mexanizmi orqali taʼminlanadi. Shu munosabat bilan hokimiyatlar boʻlinishi nazariyasining shakllanish tarixiga oid ayrim nazariy masalalarni tahlil etish ushbu prinsipning mazmun va mohiyatini toʻgʻri tushunish, uning samarali davlat hokimiyatini tashkil etishdagi rolini aniqlashga xizmat qiladi. …

Тulteyev Ilyas Тavasovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Maqolada Oʻzbekiston Prezidentining xalq va parlamentga murojaatnomasining mazmun-mohiyati, maqsadi va xususiyatlari huquqiy taʼlimot va amaliyot nuqtayi nazaridan tahlil etilgan. Uning Oʻzbekistonning taraqqiyotidagi alohida ahamiyati taʼkidlangan. Davlat tashqi va ichki siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash vositalari va shakllaridan biri sifatida Prezident murojaatining holati va xususiyatlarining huquqiy tahlili amalga oshirildi. Prezident murojaatining davlat rahbari rasmiy murojaatining boshqa shakllaridan farqlari koʻrib chiqiladi, koʻrib chiqilayotgan tushunchaning semantik tahlili asosida uning oʻziga xosligi va xususiyatlari aniqlanadi. …

Yakubov Shuhrat Ummataliyevich

Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori, yuridik fanlar doktori, professor

Annotatsiya
Ushbu maqolada YUNЕSKOning “Oliy ta’limga oid malakalarni tan olish to‘g‘risida”gi Global konvensiyasi SWOT-tahlil metodi asosida ilmiy tadqiq qilingan. Mazkur xalqaro konvensiyani O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilish zarurati, uning kuchli va zaif jihatlari, imkoniyat va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlar haqida mulohazalar ilgari surilgan. Hozirgi kunga qadar ushbu Global konvensiyani ratifikatsiya qilgan davlatlar amaliyoti o‘rganilgan. Oliy ta’limni transformatsiya qilishda mazkur konvensiyaga qo‘shilish asosida erishiladigan natijalar ilmiy-huquqiy prognoz qilingan. …

Alimuxamedov Suxrob Aybekovich

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Maqolada unitar va federal shtatlarda davlat boshqaruvi tizimini markazsizlashtirish jarayonining qiyosiy huquqiy tahlili, hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirishda uning roli ochib berilgan. Unitar va federativ davlat tushunchalari, shuningdek, davlatning maʼmuriy-hududiy boʻlinishini hisobga olgan holda markaziy davlat organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻrtasidagi munosabatlar oʻz aksini topgan. Anglo-sakson va kontinental huquq tizimlarida markazsizlashtirish institutining rivojlanish jarayoni tahlil qilingan. …

Yuldoshbekov Avazbek Alisher oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universitety mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Maʼlumki, soliq organlari va internet saytlari faqat soliqlar, yigʻimlar hamda soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida maʼlumot bergani uchun koʻpgina soliq toʻlovchilar xolis mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladigan soliq maslahatiga muhtojdirlar. Hozirda soliq boʻyicha maslahat beradigan maxsus firmalar asosan soliq deklaratsiyasini toʻldirish, soliqlar va yigʻimlarning paydo boʻlishi va toʻlash tartibi, soliq toʻlovchining soliq imtiyozlarini qoʻllash huquqi, ularni amalga oshirish tartibi kabi umumiy masalalar yuzasidan oʻz maslahatlarini berib kelishmoqda. …

Gulyamov Said Saidahrorovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Kiber huquq kafedrasi mudiri, yuridik fanlar doktori, professor

Rustambekov Islambek Rustambekovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Kiber huquq kafedrasi professori, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Raqamlashtirish XX asrda shakllangan qiyosiy-huquqiy nazariya tushunchalarini tubdan oʻzgartirib yubormoqda. Global axborot texnologiyalari davlat hokimiyat tashkilotining asosiy prinsiplarini oʻzgartirmoqda, davlat va biznes sohalari oʻrtasidagi chegaralarni olib tashlamoqda, bu esa ularning kiber huquq kabi umumiy sohalarda birlashuviga olib kelmoqda. …

Baltabayeva Jibek Bauyrjanovna

Qirgʻiziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi 2-kurs adyunkti

Annotatsiya
Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi alimentni yanada samarali undirishni hamda bolalar va boshqa muhtoj shaxslarning manfaatlarini himoya qilishni taʼminlashga qaratilgan tavsiyalar va amaliy yechimlarni ishlab chiqishdir. Maqolada aliment javobgarligi masalalarini tartibga solishga qaratilgan amaldagi qonunchilik, xalqaro tajriba, sud amaliyoti va ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinadi. Ushbu mavzuning dolzarbligi oilalar aliment undirishda duch keladigan tizimli muammolarni hal qilish zarurati, shuningdek, bolalarning adolatliligi va moddiy farovonligini taʼminlashning ahamiyati bilan bogʻliq. …

Gʻafforov Mehrangiz Shavkatovich

Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti

Annotatsiya
Ushbu maqolada shartnomaviy munosabatlarning zaif tarafini himoya qilishning quyidagi: shartnomani oʻzgartirish va bekor qilish, shartnoma shartlarini haqiqiy emas deb topish, huquqni himoya qilishni rad etish, adolatsiz shartning zaif taraf uchun majburiy emasligini eʼtirof etish kabi usullari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Muallif umumiy ilmiy (tahlil, sintez, kuzatish, umumlashtirish, induksiya va deduksiya) va maxsus huquqiy (formal-huquqiy va huquqiy-texnik) usullardan foydalangan. Tahlil natijalariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan amaldagi himoya mexanizmlari shartnomaning zaif tarafiga shartnoma bilan yuklanayotgan adolatsiz shartlarga qarshilik qilish imkonini beruvchi chora-tadbirlarning butun majmuasini oʻz ichiga olmasligi haqida xulosa qilingan. …

Choriyev Аnvar Qoʻziyevich

Buxoro viloyati Kogon shahri IIB masʼul xodimi

Annotatsiya
Huquqni qoʻllash amaliyotida va ijtimoiy tarmoqlarga nazar tashlaydigan boʻlsak, ayrim kishilarda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida belgilangan qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun nazarda tutilgan, degan xato tasavvur shakllanganligini koʻrish mumkin. Maqolada muallif mana shu kabi qarashlarning xato ekanini, qilmishning jinoiyligini istisno qiluvchi holatlar, avvalo, shaxs huquq va erkinliklarini suddan tashqari himoya qilishning qonuniy shakllari sifatida qonunchilikka kiritilganligini koʻrsatib berishga harakat qiladi. Bu boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasidan misollar keltiradi. …

Maxmadiyarova Xumora Oʻktamovna

Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar Chilonzor tuman sudi sudyasi yordamchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada jinoyat ishini sudda koʻrish uchun tayyorlash jarayonida taraflarning oʻzaro tortishuvini kuchaytirish, uning muhim tarkibiy qismi boʻlgan taraflar protsessual imkoniyatlaridagi tengligini taʼminlash, shuningdek, haqiqatni aniqlash jarayonida sudning oʻrnini aniqlash, uning dalillarni toʻplash, tekshirish va baholash davrida faollik darajasini belgilash masalalari ayrim rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi hamda aynan shu masalada ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan protsessualist olimlarning ilmiy qarashlari asosida tahlildan oʻtkazilgan. …

Olimov Bekmirza Tuxtapulatovich

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Maqolada yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi davlat dasturining “mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish” yo‘nalishida jinoyat-protsessual qonunchilikni takomillashtirish masalalari tahlil qilingan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini hamda Jinoyat-protsessual kodeksida belgilangan odil sudlovni fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida ushbu kodeksning 179-moddasini takomillashtirib, ushbu moddani “Ekspertiza tayinlash va o‘tkazishda shaxs huquqlari ta’minlash” deb …

Valeyev Аrtur Mahmudovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchi

Annotatsiya
Mazkur ilmiy maqolada Oʻzbekiston Respublikasi sport sanoatida agentlik faoliyatini nazariy-huquqiy jihatidan tartibga solish oʻrganiladi. Ilmiy maqoladagi tadqiqot mavzusi Oʻzbekistonda sport rivojlanishining hozirgi bosqichida sport mediatorlari (agentlari) faoliyati va huquqlarini aks ettiruvchi bir qator axborot, ilmiy hamda xorijiy manbalar hisoblanadi. Tadqiqotning maqsadi sifatida sportda agentlik faoliyatini fuqarolik-huquqiy tartibga solish va sportda agentlik majburiyatlarini tashkil etish xususiyatlari va amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yaxlit gʻoyani shakllantirish koʻzlangan. Ilmiy maqola mavzusining dolzarbligi – sportchilarning huquqlarini himoya qilishdagi amaliy ahamiyati, shuningdek, butun sport jamoatchiligining xabardorligi oshirishdir. …

Gulyamova Gulnora Yakubovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi professori, filologiya fanlari nomzodi

Turabayeva Lazzat Kalikulovna

Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozogʻiston universiteti Jurnalistika va qozoq tili kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent

Annotatsiya
Mazkur maqolada innovatsion taʼlim jarayonida shaxsga bilim berish, unda koʻnikma va malaka hosil qilish hamda dunyoqarashini shakllantirish, ehtiyojlarini qondirish, qobiliyatlarini ochish, rivojlantirishga yoʻnaltirish kabi ustuvor vazifalar xususida fikr yuritiladi. Bunda pedagogik innovatsiyaning taʼlim maqsadi (nima uchun oʻqitish va kimni oʻqitish); taʼlim mazmuni (nimani oʻqitish); taʼlimni tashkil etish shakllari (qanday oʻqitish); taʼlim metodlari va vositalari (qanday asosda oʻqitish) kabi bahs doirasiga oid jihatlarga eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, taʼlim jarayonida keng qoʻllanayotgan “interaktiv metodlar”, “innovatsion taʼlim texnologiyalari”, “ilgʻor pedagogik texnologiya”, “progressiv pedagogik texnologiya”, “zamonaviy taʼlim texnologiyasi” iboralarining mazmun-mohiyati, innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalarini oʻquv jarayonida oʻrinli qoʻllash, produktiv taʼlimda zamonaviy texnologiyalarning ahamiyati, ularning oʻquvchi, talabalarni bilimlarni oʻzlashtirish, mavzularni mustaqil oʻrganib, vaziyatlarni tahlil qilish, xulosalar chiqarish va qaror qabul qilishdagi oʻrni xususida ham fikr yuritiladi. …

Niyazova Nasiba Joʻrabekovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi professori v. b., pedagogika fanlari nomzodi

Annotatsiya
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini, uning jamiyatdagi qonuniy oʻrnini taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarga qaramay, jinoyat-protsessual qonunchiligida tibbiy majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi normalar yetarli darajada tartibga solinmagan. …