Yuridik fanlar axborotnomasi 3 / 2023

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Sodikov Akmal Shavkat o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi dotsenti v. b., yuridik fanlar boʻyicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Ushbu maqolada norma ijodkorligini axborot bilan ta’minlash mexanizmini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi norma ijodkorligi jarayonida axborot bilan ta’minlash masalasini tadqiq etish orqali bu borada O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi hamda huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha tegishli taklif, tavsiya va xulosalar ishlab chiqishdan iborat. Tadqiqot predmetini O‘zbekiston Respublikasida norma ijodkorligiga oid normativ-huquqiy hujjatlar, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda ilmiy-nazariy konseptual yondashuvlar va huquqiy kategoriyalar tashkil etadi. …

Mustafaqulov Dilshod Salomovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Davlat va huquq nazariyasi kafedrasi oʻqituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada huquqiy tizimning muhim elementi boʻlgan huquq prinsiplariga oid ayrim nazariy masalalar tahlil etilib, unda huquq prinsiplari huquq zamirida yotadigan bosh, rahbariy asoslar ekanligi, ularda huquqning mohiyati, maqsadi va ijtimoiy yoʻnaltirilganligi masalasi turli olimlarning ilmiy qarashlari asosida tahlil etiladi. Huquq prinsiplari huquqning asosini tashkil etuvchi bosh gʻoya va qoidalar boʻlib, ular ayni paytda huquqning poydevori, uning ichki ustuni ekanligi asoslantiriladi.. …

Axrorov Adxamjon Asrorkul oʻgʻli

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi katta oʻqituvchisi

Annotatsiya
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish butun dunyoda, xususan, Oʻzbekistonda ham muhim vazifa hisoblanadi. Soʻnggi yillardagi eng muhim masalalardan biri Oʻzbekistondagi ekologik muammolarni hal qilishda xususiy investitsiyalarni jalb qilish hisoblanadi. Buning uchun davlat-xususiy sheriklik mexanizmlaridan foydalanish butun dunyoda eng istiqbolli vosita sifatida koʻrilmoqda. Oʻz navbatida, ushbu institutning atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida samarali qoʻllanishi koʻp jihatdan uning huquqiy tartibga solinganlik samaradorligiga bogʻliq. …

Gulyamov Said Saidaxrorovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Kiber huquq kafedrasi mudiri, professor, yuridik fanlar doktori, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Yosh olimlar kengashi raisi

Annotatsiya
Ushbu maqola Oʻzbekistonda yuridik fanlar boʻyicha dissertatsiyalarni tayyorlash va himoya qilish tizimini isloh qilishning dolzarb masalalariga bagʻishlangan. Huquqiy sohadagi dissertatsiya faoliyatining hozirgi holatini tahlil qilish asosida milliy huquqiy tizimning yanada progressiv rivojlanishini taʼminlash maqsadida uni takomillashtirish zarurati asoslanadi. Maqolada yuridik dissertatsiyalarning sifati va amaliy ahamiyatini pasaytiradigan bir qator tizimli muammolar aniqlangan. …

Mamanazarov Sardor Shuxratovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Kadrlar boʻlimi boshligʻi

Annotatsiya
Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar aholi keng foydalanib kelayotgan asosiy platformalardan biriga aylandi. Ma’lumotlar almashinuvi tezligi oqibatida ijtimoiy tarmoqlarda mualliflik huquqining buzilishi holatlari ham uchramoqda. O‘zbekistonda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohotlar, intellektual mulk sohasini rivojlantirishga qaratilgan strategik hujjatlar qabul qilinishi mualliflik huquqini himoya qilish dolzarbligini ko‘rsatmoqda. …

Maxamadxoʻjayeva Munisaxon Nematxoʻjayevna

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya
Ushbu ilmiy maqolada muallif MDH davlatlarining umumlashtirilgan amaliyoti asosida bir necha yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi uchun namuna boʻlib kelayotgan zamonaviy raqamli fuqarolik oborotining oʻziga xos xususiyatlarini tahlil qiladi. Tadqiqot jarayonida raqamli huquqlarni tartibga soluvchi qonunchilik, shuningdek, ushbu sohadagi xalqaro huquqiy hujjatlar tahlil qilindi. Tadqiqot metodologiyasi umumiy (dialektik, mantiqiy, tahlil, sintez) va maxsus (modellashtirish, bashorat qilish, taqqoslash) kabi usullar boʻlib xizmat qildi. …

Yerniyazov Islam Ruslanovich

Toshkent davlat yuridik universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Maqolada xalqaro qurilish shartnomalari va ikki tomonlama investitsiya shartnomalari qoidalarining oʻzaro taʼsiri tahlil qilinadi. Tadqiqotning maqsadi namunaviy shartnoma qoidalari orqali tijorat va jamoat manfaatlarini uygʻunlashtirish imkoniyatlarini aniqlashdan iborat. Natijalar transchegaraviy infratuzilma sohasidagi normalar va amaliyotlarni isloh qilish uchun qoʻllanma boʻlib xizmat qilishi mumkin. Barqarorlashtirish, arbitraj, sugʻurta va axborotni oshkor qilish sohalarida tijorat va davlat ustuvorliklarini integratsiya qilish imkoniyatlari oʻrganilmoqda. Investorlar, davlat va jamiyat manfaatlarini uygʻunlashtirishga moʻljallangan namunaviy shartnomalarning innovatsion qoidalari taklif etilmoqda. …

Abdurasulova Qumrinisa Raimkulovna

IIV Akademiyasi Huquqbuzarliklar profilaktikasi kafedrasi professori, yuridik fanlar

Buranova Raziya Yermahamed qizi

IIV Akademiyasi tayanch doktoranti

Annotatsiya
Maqolada prognoz qilishning rivojlanish tarixi, prognoz tushunchasi, ilmiy prognoz qilish, kriminologiyada, shu jumladan boshqa fanlarda prognoz qilishning ahamiyati, kriminologik prognozning mohiyati va xususiyatlari va differentsiatsiyasi, uning vazifalari, maqsadlari va turlari umuman jinoyat, balki individual jinoiy xulq-atvorni prognoz qilish tushunchasi, kriminologik vaziyat, prognozlash subyektlari va obyektlari, jinoyatni bashorat qilishda foydalaniladigan usulni tanlashda ularning roli, jinoyatni prognoz qilishning umumiy va maxsus usullari: sotsiologik so’rov, statistik usul, ekstrapolyatsiya usuli, ekspert baholash usuli, eng kichik kvadratchalar usuli, ilmiy gipoteza (gipoteza) usuli, …

Hakimov Komil Baxtiyarovich

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar doktori

Annotatsiya
Mazkur maqolada zaruriy mudofaa chegarasidan chetga chiqib qasddan odam o‘ldirish jinoyati tarkibini aniqlash va kvalifikatsiya qilish masalalari tahlil etilgan. Shuningdek, JKning 100-moddasida nazarda tutilgan odam o‘ldirishning obyektiv tomoni quyidagi belgilar mavjudligi bilan tavsiflanishi, ya’ni: mudofaalanuvchining ijtimoiy xavfli harakati; tajovuzchining o‘limi ko‘rinishidagi ijtimoiy xavfli oqibat; harakatlar va ko‘rsatilgan oqibatlar o‘rtasidagi sababiy bog‘lanish kabilar ham yoritib berilgan. …

Berdialiyev Baxtiyor Erkinovich

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada voyaga yetmaganlarni oʻz joniga qasd qilish darajasiga yetkazish jinoyatini sodir etgan shaxslarning kriminologik tavsifiga doir masalalar bayon etilgan. Bundan tashqari, voyaga yetmaganning oʻz joniga qasd qilishdagi jinoyatchi shaxs tushunchasi, uning ijtimoiy-demografik, biofiziologik va ma’naviy-ruhiy tavsifi tahlil etilib, olimlarning bu boradagi fikrlari oʻrganilgan. …

Ismailov Ahmad Ismailovich

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Mazkur maqolada voyaga yetmaganlarni oʻz joniga qasd qilish darajasiga yetkazish jinoyatini sodir etgan shaxslarning kriminologik tavsifiga doir masalalar bayon etilgan. Bundan tashqari, voyaga yetmaganning oʻz joniga qasd qilishdagi jinoyatchi shaxs tushunchasi, uning ijtimoiy-demografik, biofiziologik va ma’naviy-ruhiy tavsifi tahlil etilib, olimlarning bu boradagi fikrlari oʻrganilgan. Muallif maqolada oʻz fikrlarini bayon etish orqali voyaga yetmaganning oʻzini oʻzi oʻldirish darajasiga yetkazgan jinoyatchining shaxsiga “Shaxs, ijtimoiylashuv jarayonida oʻziga jamiyatda oʻrnatilgan odob-axloq normalari va qoidalarini mensimaydigan, shaxs, …

Shonazarov Abduvali Shonazarovich

Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi oʻqituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada hujjatlarni qalbakilashtirish va qimmatli qogʻozlarni soxtalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlarni tergov qilishda xorij amaliyotining muhim jihatlari yoritilgan. Hujjatlarni qalbakilashtirish va qimmatli qogʻozlarni soxtalashtirish bilan bogʻliq jinoyatlar hozirgi zamonda eng keng tarqalgan jinoyatlar sirasiga kiradi. Texnologiya yangiliklari koʻpaygan sari undan foydalanish imkoniyatlari oshib boradi. …

Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim

Annotatsiya
Ushbu maqolada shaxslarni javobgarlikka tortish muddatining o‘tganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod etish hamda uning protsessual tartibi bo‘lgan ish yuritishni rad etish yoki tugatish bilan bog‘liq protsessual muammolar va mazkur masalalarni huquqiy tartibga solish jihatlari tadqiq etilgan. Maqolada jinoyat va jinoyat-protsessual huquqda nazarda tutilgan mazkur javobgarlikdan ozod qilishning moddiy va protsessual asoslari qonunchilik va amaliyot nuqtayi nazaridan tahlil etilgan bo‘lib, …

Sayfullayev Bahodir Baxromovich

Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil izlanuvchisi, katta leytenant

Annotatsiya
Soʻnggi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini, uning jamiyatdagi qonuniy oʻrnini taʼminlashga qaratilgan keng koʻlamli islohotlarga qaramay, jinoyat-protsessual qonunchiligida tibbiy majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi normalar yetarli darajada tartibga solinmagan. …

Erkaboyev Аzizbek Аsilbekovich

Narkotik moddalar, psixotrop vositalar va ularning prekursorlarining noqonuniy muomalasiga qarshi kurashish boʻyicha Markaziy Osiyo mintaqaviy axborot muvofiqlashtirish markazi (Olmaota sh.) Maslahatchi/axborot-tahlil boʻlimi boshligʻi

Annotatsiya
Maqolada Oʻzbekistonda sodir boʻlayotgan integratsiya jarayonlari kontekstida Markaziy Osiyoda narkovaziyat rivojlanishining hozirgi tendensiyalari oʻrganiladi. Markaziy Osiyoda giyohvand moddalarni suiisteʼmol qilish koʻlamini oshirish davlatlardan giyohvandlik moddalari va yangi psixoaktiv vositalar tarqalishiga qarshi birgalikda choralar koʻrishni talab qiladi. Shu bilan birga, bu masalada markaziy rol Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan muassasalariga yuklatilgan. Shu nuqtayi nazardan BMTning giyohvand moddalar boʻyicha komissiyasi doirasida Oʻzbekistonning giyohvandlikka qarshi xalqaro hamkorligini kengaytirish zarur. …