Yuridik fanlar axborotnomasi 1 / 2023

Ushbu sonda keyingi mavzular yoritilgan

Xo‘janazarov Azizjon Anvarovich

Toshkent davlat yuridik universiteti katta o‘qituvchisi, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Bugungi kunda yurisprudensiyada norma ijodkorligi dolzarb ahamiyatga ega bo‘lgan tadqiqot mavzularidan biridir. Norma ijodkorligi faoliyati normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish, loyihalarni manfaatdor idoralar bilan kelishish, jamoatchilik muhokamasi hamda huquqiy va boshqa turdagi ekspertizani amalga oshirishni qamrab oladi. Ta’kidlash lozimki, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi norma ijodkorligi faoliyati asosiy bosqichlaridan biri hisoblanadi. Maqolada normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining huquqiy ekspertizasi bosqichida qabul qilinishi lozim bo‘lgan normativ tusdagi rasmiy hujjatlarning amaldagi qonunchilikka muvofiqligi izchil o‘rganilgan…

Aхrorov Adхamjon Asrorqul o‘g‘li

Toshkent davlat yuridik universiteti Maʼmuriy va moliya huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada ekologiya sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari faoliyati tushunchasi, maqsadi, obyekti va tizimi tahlil qilingan. Shuningdek, davlat boshqaruvi, ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvi organlari, kompetensiya masalalari hamda sohani tartibga soluvchi davlat boshqaruvi organlari tizimi huquqshunos olimlarning ilmiy fikrlari asosida asoslab berilgan. Bundan tashqari, ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvi va ekologiya sohasidagi davlat boshqaruvi organining kompetensiyasi tushunchalariga mualliflik taʼriflari ishlab chiqilgan…

Rahimov Dilmurodjon G‘ulomjon o‘g‘li

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi tayanch doktoranti

Annotatsiya
Maqolada davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga kadrlarni qabul qilish mexanizmlari va tartib-taomillari tahlil etilgan. Shuningdek, davlat fuqarolik xizmati lavozimi guruhlariga kadrlarni tayyorlash va tanlash usullari o‘rganilgan. Unga ko‘ra, davlat fuqarolik xizmatiga kirishning ikki xil tartibi ajratib ko‘rsatilgan. Birinchi tartibga ko‘ra, siyosiy guruhga taalluqli davlat fuqarolik xizmatchilarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish tartibi alohida qonunlar hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan belgilanadi. Ikkinchi tartibga ko‘ra, boshqaruv va mutaxassis guruhlarga taalluqli davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga tanlov o‘tkaziladi…

Alimuxamedov Suhrob Aybekovich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti mustaqil tadqiqotchisi

Annotatsiya
Maqolada nomarkazlashtirish instituti ilmiy tushunchasi, mohiyati va ahamiyati yoritilgan. Shuningdek, mazkur institutning mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati samaradorligini oshirishdagi o‘rni haqida so‘z yuritilgan. O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruvi tizimi sohasidagi davlat siyosati tahlili va ularni amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlari keltirilgan…

Yakubova Iroda Bahromovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Intellektual mulk huquqi kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Huquqlarni jamoaviy boshqarish tashkiloti to‘g‘ridan to‘g‘ri huquq egalari tomonidan tuzilganligi va shartnoma bo‘yicha ulardan olingan vakolatlar doirasida faoliyat yuritayotganligi sababli bunday tashkilotning faoliyati aʼzolikka asoslangan deb aytish mumkin. Bunda mualliflik huquqini himoya qilish bo‘yicha yuridik shaxs tashkil etishda subyektlarning birlashmasi ushbu huquqlarni jamoaviy asosda boshqarishda ifodalanadi…..

Saidov Maqsudbek Norboyevich

Toshkent shahar sudi raisining o‘rinbosari, iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hayʼati raisi

Annotatsiya
Ishtirokchining jamiyatdan axborot olish huquqi uning huquqiy maqomi bilan uzviy bog‘liq. Ishtirokchi moliyaviy sarmoyasi evaziga jamiyat faoliyatining barcha yo‘nalishlari, jumladan, iqtisodiy-huquqiy holati to‘g‘risida maʼlumot olishga haqli. Bunday huquq, bir tarafdan, ishtirokchining jamiyatni boshqarish vakolatlarini taʼminlab bersa, ikkinchi tarafdan, huquqlarini suiisteʼmol qilgan holda axborotdan jamiyatga zarar yetkazish maqsadida foydalanishga yo‘l ochib beradi..

Xatamjonova Gulsanam Yasharjon qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti tayanch doktoranti

Annotatsiya
Erk muxtoriyati prinsipi xalqaro xususiy huquq ishtirokchilariga o‘z xohishlari asosida harakatlana olishlariga imkon beradi. Mazkur prinsip asosida esa taraflar mavjud nizolar yoki vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni milliy sudlar tizimi bilan emas, arbitraj bilan hal etishga kelisha oladilar. Arbitraj kelishuvi bitimlari esa arbitraj jarayonlari boshlanishi uchun asos vazifasini o‘taydi.

Kamalova Dildora Gayratovna

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoiy odil sudlov fakulteti dekani, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada jinoyatga suiqasd qilish, uning subyektiv belgilari yuridik fanda mavjud bo‘lgan konseptual yondashuvlar, ilmiy-nazariy qarashlar va sud amaliyoti materiallari asosida tahlil qilingan. Egri qasddan va ehtiyotsizlikdan sodir etiladigan jinoyatlarga suiqasd qilish mumkin emasligi muallif tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida isbotlangan. Aybdor shaxs o‘z qilmishining ijtimoiy xavflilik xususiyatini anglashi, ijtimoiy xavfli oqibatlarga ko‘zi yetishi va shunday oqibatlar kelib chiqishini istashi tufayli jinoyatga suiqasd qilish faqat to‘g‘ri qasd orqali ifodalanishi asoslantirilgan…

Rozimova Qunduz Yuldashevna,

Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi dotsenti, yuridk fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Annotatsiya
Mazkur maqolada yengilroq jazo tayinlashda jinoyat qonunida belgilangan jazoni yengillashtiruvchi holatlar muhim ahamiyat kasb etishi, shuningdek, yengilroq jazo tayinlash bevosita jazoni yengillashtiruvchi holatlar bilan bog‘liqligi bo‘yicha nazariy va huquqiy asoslar ko‘rsatib berilgan. Maqolada milliy va xorijiy olimlarning jazoni yengillashtiruvchi holatlar to‘g‘risidagi fikrlari guruhlarga bo‘lib o‘rganilgan…

Ataniyazov Jasurbek Kurbanbayevich

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti doktoranti, kapitan

Annotatsiya
Ushbu maqolada shaxslarning yarashuv va o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi munosabati bilan javobgarlikdan ozod etish hamda uning protsessual tartibi bo‘lgan ish yuritishni rad etish yoki tugatish bilan bog‘liq protsessual muammolar va mazkur masalalarning huquqiy tartibga solish jihatlari tadqiq etilgan…

Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi dastlabki tergov va kriminalistika kafedrasi boshligʻi, professor, yuridik fanlar doktori

Xomidov Voxidjon Adxamovich

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi mustaqil izlanuvchisi

Annotatsiya
Ushbu maqolada tergov harakati va tintuv tergov harakatining tushunchasi, tintuv tergov harakatining mazmun-mohiyati, bu borada tadqiqot olib borgan olimlarning fikrlari, ishni sudga qadar yuritish bosqichida jinoyat-protsessual normalarning ustuvorligini taʼminlash, jinoyat-protsessual harakatlardan tergov harakatlarini alohida ajratib koʻrsatish mumkin boʻlgan mezonlar, tintuv tergov harakatining boshqa tergov harakatlari tizimida turgan oʻrni va tintuv tergov harakati taʼrifi qonun hujjatlarida oʻz ifodasini topmaganligi, shuningdek,….

Allaberganova Nodira Maxmud qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va inson huquqlari kafedrasi o‘qituvchisi

Abdumannabova Muyassar Abdurashid qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti Xalqaro huquq va qiyosiy huquqshunoslik fakulteti talabasi

Annotatsiya
Ushbu maqolada turli davlatlarda 15 yil muddatga Barqaror rivojlanish maqsadlarini uzoq muddatli rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, Barqaror rivojlanishning ba’zi ustuvor maqsadlarini amalga oshirgan mamlakatlarning ehtiyojlari, ular duch kelgan to‘siqlar va xorijiy tajriba o‘rganilgan….