OILAVIY-HUQUQIY JAVOBGARLIK ASOSLARINI BELGILASH MUAMMOLARI
Kalit so‘zlar:
oila huquqi, oilaviy-huquqiy javobgarlik, huquqiy javobgarlik, ota-onalik huquqlari, aliment majburiyatlari, nikohning haqiqiy emasligi, bola huquqlarini himoya qilishAnnotatsiya
Mazkur maqolada oilaviy-huquqiy javobgarlik asoslarini aniqlashning nazariy va amaliy muammolari kompleks tarzda tahlil qilingan. Oilaviy-huquqiy javobgarlikning mohiyati va huquqiy tabiati yoritilib, uning o‘ziga xos belgilari, jumladan, shaxsiy xarakteri, ijtimoiy yo‘naltirilganligi hamda oila a’zolari, ayniqsa, voyaga yetmaganlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilganligi asoslab berilgan. Shuningdek, oilaviy-huquqiy javobgarlikning fuqarolik, ma’muriy va jinoiy javobgarlik turlaridan farqli jihatlari tahlil qilinib, uning huquq tizimidagi o‘rni aniqlangan. Maqolada oilaviy-huquqiy javobgarlikni amalga oshirishning asosiy shakllari batafsil ko‘rib chiqilgan. Xususan, ota-onalik huquqidan mahrum qilish va uni cheklash, aliment majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarlik, nikohni haqiqiy emas deb topish hamda farzandlikka olishni bekor qilish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Ushbu choralarni qo‘llash asoslari, ularning shartlari va huquqiy oqibatlari chuqur tahlil qilingan. Shu bilan birga, huquqni qo‘llash amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolar, xususan, yagona yondashuvning yetishmasligi hamda bola huquqlarini himoya qilish mexanizmlarining yetarli darajada samarali emasligi ko‘rsatib o‘tilgan. Tadqiqot natijasida O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligi, xalqaro huquqiy standartlar va sud amaliyoti tahlili asosida oilaviy huquq normalarini takomillashtirishga qaratilgan takliflar ilgari surilgan. Jumladan, oilaviy-huquqiy javobgarlik asoslarini aniqlashtirish, profilaktik choralarni kuchaytirish hamda voyaga yetmaganlarning huquqlarini himoya qilishda sud rolini oshirish zarurligi asoslab berilgan. Natijalar ilmiy tadqiqotlar va huquq ijodkorligi faoliyatida qo‘llanishi mumkin.



