RAQAMLASHTIRISH SHAROITIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINING KONSTITUTSIYAVIY-HUQUQIY MOHIYATI
Kalit so‘zlar:
axborot xavfsizligi, konstitutsiyaviy-huquqiy asoslar, raqamli suverenitet, raqamli yurisdiksiya, kibermakon, kiberxavfsizlik, transchegaraviy raqamli faoliyat, milliy xavfsizlikAnnotatsiya
Mazkur maqolada zamonaviy raqamli transformatsiya sharoitida axborot xavfsizligini ta’minlashning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari tadqiq etiladi. Unda kibermakonning globallashuvi, kiberhujumlarning murakkablashuvi, sun’iy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi, transchegaraviy raqamli platformalar va xorijiy raqamli infratuzilmalarning kengayishi natijasida axborot xavfsizligi tushunchasining mazmuni va huquqiy chegaralari kengayib borayotgani tahlil qilinadi. Axborot xavfsizligi davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish bilan bir qatorda, shaxsga doir ma’lumotlar, shaxsiy hayot daxlsizligi, axborot erkinligi va boshqa fundamental huquqlarni ta’minlash bilan bog‘liq kompleks konstitutsiyaviy-huquqiy institut sifatida yoritiladi. Tadqiqotda davlatning raqamli suvereniteti, transchegaraviy raqamli faoliyatga nisbatan raqamli yurisdiksiya va inson huquqlarini himoya qilish o‘rtasidagi huquqiy muvozanat asosiy tadqiqot yo‘nalishi sifatida belgilanadi. Xususan, xorijiy raqamli platformalar va infratuzilmalarning O‘zbekiston hududida jismoniy mavjud bo‘lmagan holda fuqarolar, axborot resurslari, raqamli infratuzilma hamda milliy manfaatlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi asoslanadi. Shu asosda raqamli yurisdiksiyani milliy qonunchilikda mustaqil huquqiy institut sifatida mustahkamlash taklif etiladi. Tadqiqot natijasida axborot xavfsizligining zamonaviy konstitutsiyaviy-huquqiy modelini “raqamli suverenitet – raqamli yurisdiksiya – inson huquqlari” uchligi asosida shakllantirish konsepsiyasi ilgari suriladi.



