O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUJJATLARINING HUQUQIY TABIATI: MILLIY QONUNCHILIK VA XORIJIY DAVLATLAR TAJRIBASINING QIYOSIY-HUQUQIY TAHLILI
Kalit so‘zlar:
prezident hujjatlari, farmon, qaror, farmoyish, murojaatnoma, normativ-huquqiy hujjat, normativlik mezonlari, qonunosti hujjatlarAnnotatsiya
Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadigan hujjatlarning huquqiy tabiati amaldagi milliy qonunchilik va xorijiy davlatlar tajribasini qiyosiy tahlil qilish orqali o‘rganildi. Amaldagi “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunga (2021-yil 20-aprel, O‘RQ–682-son) ko‘ra, Prezident normativ-huquqiy hujjatlarni faqat farmon va qaror shaklida qabul qiladi, farmoyish esa qonunda normativ-huquqiy hujjatlar tizimiga rasman kiritilmagan. Bu holat muallif tomonidan hujjatlarni turkumlashning muhim, ammo huquqiy adabiyotda yetarlicha yoritilmagan mezoni sifatida asoslab berildi. Tadqiqotda formal-yuridik, qiyosiy-huquqiy, tizimli-strukturaviy va tarixiy-huquqiy metodlardan foydalanilgan. Germaniya, Fransiya, Rossiya, AQSH va Estoniya tajribasi bilan qiyoslash orqali davlat boshlig‘i hujjatlarining normativligini aniqlashning ikki asosiy modeli qonunda vakolatni aniq vakolat berish (delegatsiya) va doktrinal mezonlarni rivojlantirish ajratib ko‘rsatildi. Shuningdek, farmon va qarorni bir-biridan farqlashda tartibga solinadigan masalaning miqyosi hamda normativ ko‘rsatmaning barqarorlik darajasi mezonlari asoslab berildi. Tadqiqot natijasida O‘zbekiston qonunchiligida farmon va qaror o‘rtasidagi farqlash mezonlarini, shuningdek, “aralash” xarakterdagi hujjatlarni differensiatsiyalash tartibini mustahkamlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqildi. Maqolaning nazariy va amaliy ahamiyati uning natijalari huquq ijodkorligi hamda huquqiy monitoring amaliyotida qo‘llanilishi mumkinligidadir.



