TRANSCHEGARAVIY TAʼSIR TURLARI VA ULARNING XALQARO HUQUQDAGI NORMATIV-HUQUQIY TASNIFI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

transchegaraviy taʼsir, huquqiy tasnif, ekologik taʼsir, iqtisodiy taʼsir, raqamli taʼsir, davlat suvereniteti, zarar yetkazmaslik prinsipi, xalqaro konvensiyalar

Annotatsiya

Ushbu tadqiqot transchegaraviy taʼsir tushunchasining mazmuni, uning asosiy turlari hamda xalqaro huquq doirasidagi konvensiyaviy va nazariy tasnifini kompleks tarzda tahlil qilishga bagʻishlangan. Maqolada transchegaraviy taʼsirning ekologik, iqtisodiy-moliyaviy va raqamli shakllari ajratilib, ularning oʻziga xos xususiyatlari yoritilgan. Xususan, atrof-muhitga zarar yetkazuvchi faoliyat natijasida yuzaga keladigan salbiy oqibatlar hamda davlatlararo iqtisodiy aloqalar vositasida namoyon boʻladigan ijobiy taʼsirlar oʻrtasidagi farqlar ochib berilgan. Xalqaro huquq normalari asosida transchegaraviy taʼsirni tartibga soluvchi fundamental prinsiplarga – davlatlarning hududiy suvereniteti, zarar yetkazmaslik majburiyati, ehtiyotkorlik choralari va xalqaro hamkorlik tamoyillariga alohida eʼtibor qaratilgan. Shuningdek, maqolada zamonaviy xalqaro huquqdagi tasniflash mezonlariga oid ilmiy yondashuvlar qiyosiy-huquqiy usulda tahlil qilingan. Normativ tahlil metodi orqali esa tegishli xalqaro shartnomalar, rezolyutsiyalar va sud qarorlarining mazmuni huquqiy jihatdan izchil oʻrganilgan. Tadqiqot natijasida transchegaraviy taʼsirning turlarini tasniflash tizimini takomillashtirish xalqaro huquq normalarining samarali qoʻllanishi hamda davlatlararo barqaror munosabatlarni taʼminlashda muhim oʻrin tutishi koʻrsatib oʻtilgan va ushbu jarayonni tartibga solish uchun yagona xalqaro yondashuv zarurligi asoslab berilgan. Maqola yakunida ilmiy-nazariy xulosalar bilan birga, sohaga oid amaliy taklif va tavsiyalar ilgari surilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-08-06

Qanday Iqtibos Keltirish

TRANSCHEGARAVIY TAʼSIR TURLARI VA ULARNING XALQARO HUQUQDAGI NORMATIV-HUQUQIY TASNIFI. (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(maxsus son), 176-183. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/630