FARMATSEVTIKA FAOLIYATI TO‘G‘RISIDAGI QONUNCHILIKNI BUZGANLIK UCHUN FUQAROLIK-HUQUQIY JAVOBGARLIK INSTITUTINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Kalit so‘zlar:
farmatsevtika faoliyati, fuqarolik-huquqiy javobgarlik, qat’iy javobgarlik, dori vositalari, isbot yuki, kollektiv da‘voAnnotatsiya
Mazkur maqolada farmatsevtika faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik institutini takomillashtirishning nazariy va amaliy masalalari tizimli tadqiq etilgan. Tadqiqot dolzarbligi mamlakatimizda sifatsiz dori vositalari iste’moli oqibatida yuzaga kelgan fojiali holatlar, farmatsevtika bozorining shiddatli o‘sishi hamda sohani xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish bo‘yicha belgilangan strategik vazifalar bilan asoslanadi. Qiyosiy-huquqiy metod yordamida Yevropa Ittifoqining Mahsulot javobgarligi direktivasi, Germaniya qonunchiligi, AQSH doktrinasi hamda Shvetsiya va Yaponiyaning dori vositalaridan yetkazilgan zararni qoplashga qaratilgan maxsus aybsiz sug‘urta modellari tahlil qilingan. O‘rganishlar natijasida milliy huquq tizimida farmatsevtik mahsulotlar iste’molchilari huquqlarini deliktual majburiyatlar orqali himoya qilish mexanizmlari yetarli emasligi aniqlangan. Tadqiqot yakunida O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi va “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunni takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy takliflar ishlab chiqilgan. Xususan, dori vositasi keltirgan zarar uchun ishlab chiqaruvchining maxsus qat’iy javobgarlik (strict liability) rejimini joriy etish, sudlarda jabrlanuvchi foydasiga isbot yukini yengillashtirish, farmatsevtika subyektlarining majburiy professional javobgarligini sug‘urtalash hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qiluvchi kollektiv da’vo institutini huquqiy amaliyotga tatbiq etish masalalari asoslab berilgan.



