TAʼLIM DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK SHARTNOMALARIDA SIFAT MAJBURIYATLARI:HUQUQIY KOLLIZIYA VA ADJUDIKATSIYA MASALALARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

davlat-xususiy sheriklik, sifat majburiyatlari, adolatli va teng munosabat, xalqaro arbitraj, institutsional boʻshliq, sifat adjudikatsiyasi, taʼlim huquqi

Annotatsiya

Ushbu maqolada taʼlim tizimidagi davlat-xususiy sheriklik (DXSh) shartnomalari doirasida ijtimoiy-huquqiy sifat majburiyatlarini ijro etish jarayonida yuz beradigan jiddiy muammo – huquqiy kolliziya masalasi koʻrib chiqilgan. Tadqiqotning predmeti DXSh shartnomalaridagi sifat majburiyatlarining huquqiy tabiati hamda ularning ijro mexanizmlari hisoblanadi. Tadqiqot diqqat markazida quyidagi ziddiyat turibdi: bir tomondan, davlat taʼlim sifatini tartibga solishga majbur boʻlsa, ikkinchi tomondan, xalqaro investitsiya huquqi xususiy sherikka nisbatan adolatli va teng munosabat (fair and equitable treatment, FET) standartini kafolatlaydi. Davlat sifatni taʼminlash maqsadida xususiy sherikka qarshi sanksiya choralarini qoʻllaganida aynan shu harakatning oʻzi xalqaro arbitraj amaliyotida investor huquqlariga tajovuz deb baholanishi va davlatni ogʻir moliyaviy javobgarlik ostiga tushirishi mumkin. Tadqiqot metodologiyasi qiyosiy-huquqiy tahlil hamda xalqaro arbitraj pretsedentlarini oʻrganishga asoslanadi. Tahlillarning koʻrsatishicha, amaldagi qonunchilik bazasi sifat darajasini xolisona oʻlchash va tekshirish imkonini beradigan mustaqil institutsional mexanizmga ega emas. Natijalardan kelib chiqib, maqola yakunida mazkur huquqiy boʻshliqni toʻldirish maqsadida sifat adjudikatsiyasi institutini, yaʼni mustaqil tarif belgilash va tekshiruv organini joriy etish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ilgari surilgan. Natijalar taʼlim sohasidagi DXSh loyihalarini huquqiy tartibga solishni takomillashtirishda qoʻllanishi mumkin.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-08-06

Qanday Iqtibos Keltirish

TAʼLIM DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIK SHARTNOMALARIDA SIFAT MAJBURIYATLARI:HUQUQIY KOLLIZIYA VA ADJUDIKATSIYA MASALALARI. (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(maxsus son), 82-89. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/615