BIOTEXNOLOGIYA SOHASIDAGI LITSENZIYA SHARTNOMALARI: MILLIY QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

biotexnologiya, litsenziya shartnomasi, intellektual mulk, mutlaq litsenziya, yagona litsenziya, nomutlaq litsenziya, majburiy litsenziyalash, da’vo qo‘zg‘atish huquqi

Annotatsiya

 Mazkur maqola biotexnologiya sohasidagi litsenziya shartnomasi turlarining huquqiy 
tabiati tahliliga bag‘ishlangan. Unda milliy qonunchilikdagi terminologik va huquqiy chalkashliklarni bartaraf 
etishga qaratilgan, asoslangan qonunchilik takli�lari ishlab chiqish maqsad qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi 
O‘zbekistonda biotexnologiya sohasining jadal rivojlanishi, biologik faol moddalar ishlab chiqarish, qishloq 
xo‘jaligi seleksiyasi va tibbiy preparatlar ishlab chiqarish bo‘yicha davlat siyosatining izchil amalga oshirilishi, 
shuningdek, xalqaro intellektual mulk munosabatlariga integratsiyalashish zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqotda 
qiyosiy-huquqiy metod asosida xorijiy mamlakatlar qonunchiliklari qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek, 
formal-mantiqiy, tizimli, tarixiy usullardan foydalanilgan. Tadqiqot natijasida O‘zbekiston Fuqarolik kodeksi 
1036-moddasida “mutlaq litsenziya” sifatida ta’ri�langan norma xalqaro amaliyotdagi “yagona litsenziya” 
mazmuniga to‘g‘ri kelishi aniqlangan. Mutlaq va yagona litsenziat oluvchilarning uchinchi shaxslarga qarshi 
da’vo qo‘zg‘atish huquqi milliy qonunchilikda aniq tartibga solinmagani, nomutlaq litsenziyalar uchun ro‘yxatdan 
o‘tkazish talabi differensiyallanmagani, biotexnologiyaga xos foydalanish sohasi va geogra�ik cheklovlar, shartli 
mutlaqlik mexanizmlari hamda majburiy litsenziyalash institutini takomillashtirish zaruriyati asoslangan. Olingan 
natijalar O‘zbekiston fuqarolik qonunchiligini xalqaro standartlarga moslashtirish, biotexnologiya sohasidagi 
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va intellektual mulk munosabatlarini samarali tartibga solish amaliyotida 
qo‘llanishi mumkin.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-08-06

Qanday Iqtibos Keltirish

BIOTEXNOLOGIYA SOHASIDAGI LITSENZIYA SHARTNOMALARI: MILLIY QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI. (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(maxsus son), 41-52. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/611