BIOTEXNOLOGIYA SOHASIDAGI LITSENZIYA SHARTNOMALARI: MILLIY QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI
Kalit so‘zlar:
biotexnologiya, litsenziya shartnomasi, intellektual mulk, mutlaq litsenziya, yagona litsenziya, nomutlaq litsenziya, majburiy litsenziyalash, da’vo qo‘zg‘atish huquqiAnnotatsiya
Mazkur maqola biotexnologiya sohasidagi litsenziya shartnomasi turlarining huquqiy
tabiati tahliliga bag‘ishlangan. Unda milliy qonunchilikdagi terminologik va huquqiy chalkashliklarni bartaraf
etishga qaratilgan, asoslangan qonunchilik takli�lari ishlab chiqish maqsad qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi
O‘zbekistonda biotexnologiya sohasining jadal rivojlanishi, biologik faol moddalar ishlab chiqarish, qishloq
xo‘jaligi seleksiyasi va tibbiy preparatlar ishlab chiqarish bo‘yicha davlat siyosatining izchil amalga oshirilishi,
shuningdek, xalqaro intellektual mulk munosabatlariga integratsiyalashish zarurati bilan belgilanadi. Tadqiqotda
qiyosiy-huquqiy metod asosida xorijiy mamlakatlar qonunchiliklari qiyosiy tahlil qilingan. Shuningdek,
formal-mantiqiy, tizimli, tarixiy usullardan foydalanilgan. Tadqiqot natijasida O‘zbekiston Fuqarolik kodeksi
1036-moddasida “mutlaq litsenziya” sifatida ta’ri�langan norma xalqaro amaliyotdagi “yagona litsenziya”
mazmuniga to‘g‘ri kelishi aniqlangan. Mutlaq va yagona litsenziat oluvchilarning uchinchi shaxslarga qarshi
da’vo qo‘zg‘atish huquqi milliy qonunchilikda aniq tartibga solinmagani, nomutlaq litsenziyalar uchun ro‘yxatdan
o‘tkazish talabi differensiyallanmagani, biotexnologiyaga xos foydalanish sohasi va geogra�ik cheklovlar, shartli
mutlaqlik mexanizmlari hamda majburiy litsenziyalash institutini takomillashtirish zaruriyati asoslangan. Olingan
natijalar O‘zbekiston fuqarolik qonunchiligini xalqaro standartlarga moslashtirish, biotexnologiya sohasidagi
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va intellektual mulk munosabatlarini samarali tartibga solish amaliyotida
qo‘llanishi mumkin.



