MUALLIFLIK HUQUQIDA KOMPYUTER DASTURLARINI HUQUQIY MUHOFAZA QILISHNI TAKOMILLASHTIRISHNING MILLIY VA XALQARO MEXANIZMLARI
Kalit so‘zlar:
kompyuter dasturlari, mualli�lik huquqi, intellektual mulk, tijorat siri, dekompilyatsiya, litsenziyalashAnnotatsiya
Maqolada kompyuter dasturlarining intellektual mulk obyekti sifatidagi huquqiy tabiati, ularni
muhofaza qilishning xalqaro va milliy asoslari hamda amaldagi huquqiy rejimning yetarlilik darajasi tahlil
qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi raqamli iqtisodiyot sharoitida dasturiy mahsulotlar iqtisodiy qiymat yaratish,
innovatsiya va axborot xavfsizligining markaziy elementiga aylangani, ammo ularni himoya qilish mexanizmi koʻp
hollarda faqat mualliflik huquqi bilan cheklanib qolayotgani bilan belgilanadi. Tadqiqotda kompyuter dasturlarini
muhofaza qilishning optimal huquqiy modelini aniqlash, mualliflik huquqi, patent, tijorat siri va shartnomaviy
mexanizmlarning oʻzaro nisbatini ochib berish, shuningdek, Oʻzbekiston qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha
amaliy takliflar ishlab chiqish maqsad qilib belgilangan. Metodologik asos sifatida formal-yuridik, qiyosiy-huquqiy,
tizimli va doktrinal tahlil usullaridan foydalanilgan. Natijada kompyuter dasturlarini himoya qilishning bazaviy
rejimi mualliflik huquqi ekani, biroq samarali himoyaga erishish uchun uni tijorat siri, litsenziyalash va cheklangan
hollarda patent-huquqiy elementlar bilan toʻldirish lozimligi asoslangan. Shuningdek, dekompilyatsiya va
adaptatsiya chegaralarini aniqlashtirish, ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtkazishning daliliy ahamiyatini oshirish, raqamli
dalillar va onlayn qaroqchilikka qarshi mexanizmlarni kuchaytirish taklif etilgan.



