MUALLIFLIK HUQUQIDA KOMPYUTER DASTURLARINI HUQUQIY MUHOFAZA QILISHNI TAKOMILLASHTIRISHNING MILLIY VA XALQARO MEXANIZMLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

kompyuter dasturlari, mualli�lik huquqi, intellektual mulk, tijorat siri, dekompilyatsiya, litsenziyalash

Annotatsiya

Maqolada kompyuter dasturlarining intellektual mulk obyekti sifatidagi huquqiy tabiati, ularni 
muhofaza qilishning xalqaro va milliy asoslari hamda amaldagi huquqiy rejimning yetarlilik darajasi tahlil 
qilingan. Tadqiqotning dolzarbligi raqamli iqtisodiyot sharoitida dasturiy mahsulotlar iqtisodiy qiymat yaratish, 
innovatsiya va axborot xavfsizligining markaziy elementiga aylangani, ammo ularni himoya qilish mexanizmi koʻp 
hollarda faqat mualliflik huquqi bilan cheklanib qolayotgani bilan belgilanadi. Tadqiqotda kompyuter dasturlarini 
muhofaza qilishning optimal huquqiy modelini aniqlash, mualliflik huquqi, patent, tijorat siri va shartnomaviy 
mexanizmlarning oʻzaro nisbatini ochib berish, shuningdek, Oʻzbekiston qonunchiligini takomillashtirish boʻyicha 
amaliy takliflar ishlab chiqish maqsad qilib belgilangan. Metodologik asos sifatida formal-yuridik, qiyosiy-huquqiy, 
tizimli va doktrinal tahlil usullaridan foydalanilgan. Natijada kompyuter dasturlarini himoya qilishning bazaviy 
rejimi mualliflik huquqi ekani, biroq samarali himoyaga erishish uchun uni tijorat siri, litsenziyalash va cheklangan 
hollarda patent-huquqiy elementlar bilan toʻldirish lozimligi asoslangan. Shuningdek, dekompilyatsiya va 
adaptatsiya chegaralarini aniqlashtirish, ixtiyoriy roʻyxatdan oʻtkazishning daliliy ahamiyatini oshirish, raqamli 
dalillar va onlayn qaroqchilikka qarshi mexanizmlarni kuchaytirish taklif etilgan.  

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-08-06

Qanday Iqtibos Keltirish

MUALLIFLIK HUQUQIDA KOMPYUTER DASTURLARINI HUQUQIY MUHOFAZA QILISHNI TAKOMILLASHTIRISHNING MILLIY VA XALQARO MEXANIZMLARI. (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(maxsus son), 31-40. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/610