HUQUQ SHAKLLARI (MANBALARI)NING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: TARIXIY-NAZARIY YONDASHUV

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

huquq manbalari (shakllari), huquqiy odat, sud pretsedenti, normativ-huquqiy hujjat, huquqiy doktrina, huquq tamoyillari, roman-german huquqiy oilasi manbalari, anglo-sakson huquqiy oilasi manbalari

Annotatsiya

 Ushbu maqolada yuridik adabiyotlarda huquq shakllari (manbalari)ni tushunish masalalari, 
bu boradagi mavjud ilmiy yondashuvlar, shuningdek, huquq shakllarining evolyutsiyasi va ularning rivojlanishiga 
ta’sir etuvchi omillar ilmiy nuqtayi nazardan o‘rganildi. Tadqiqotda huquq shakllarining shakllanish 
xususiyatlari va turlari tahlil qilingan, jumladan, huquqiy odat, sud pretsedenti, normativ-huquqiy hujjat, 
normativ shartnoma, huquqiy doktrina, huquq prinsiplari va boshqa huquq shakllari kabi huquq shakllarining 
mohiyati va mazmuni ochib berilgan. Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning tarixiy-huquqiy, qiyosiy-huquqiy, 
tizimli va formal-yuridik usullaridan foydalanilgan. Qiyosiy tahlil asosida roman-german va anglo-sakson huquq 
oilalarida huquq shakllarining amal qilish xususiyatlari aniqlandi. Roman-german huquq oilasi davlatlarida 
huquq manbalari orasida yozma qonunchilik ustun mavqega ega ekanligi, anglo-sakson huquq oilasida esa sud 
pretsedentlari muhim rol o‘ynashi aniqlangan. Bunda roman-german huquq oilasida sudlar asosan huquqni 
qo‘llovchi sifatida, anglo-sakson huquq oilasida esa norma ijodkorligi vazifasini ham bajaradi. Tadqiqot 
natijalariga ko‘ra, huquq shakllari (manbalari) statik emas, balki ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik omillar ta’sirida 
transformatsiyalanadigan, dinamik rivojlanuvchi huquqiy hodisadir. Milliy yuridik fanda huquq manbalarining 
ayrim turlari, xususan, huquq doktrinasi, huquq prinsiplari va diniy matnlar huquq manbalari sifatida yetarli 
darajada tadqiq etilmaganligi aniqlandi. Globallashuv, raqamlashtirish va sun’iy intellektning rivojlanishi 
jarayonlari huquq shakllarining evolyutsiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi va milliy huquqiy tizimda sud 
pretsedentining ahamiyatini kuchaytirishi mumkinligi aniqlandi. Huquq shakllarining rivojlanish tendensiyalarini 
yanada chuqur o‘rganish va ularning nazariy-huquqiy asoslarini takomillashtirish zarur, degan xulosaga kelindi. 

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-08-06

Qanday Iqtibos Keltirish

HUQUQ SHAKLLARI (MANBALARI)NING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: TARIXIY-NAZARIY YONDASHUV. (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(maxsus son), 11-21. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/608