HUQUQ SHAKLLARI (MANBALARI)NING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI: TARIXIY-NAZARIY YONDASHUV
Kalit so‘zlar:
huquq manbalari (shakllari), huquqiy odat, sud pretsedenti, normativ-huquqiy hujjat, huquqiy doktrina, huquq tamoyillari, roman-german huquqiy oilasi manbalari, anglo-sakson huquqiy oilasi manbalariAnnotatsiya
Ushbu maqolada yuridik adabiyotlarda huquq shakllari (manbalari)ni tushunish masalalari,
bu boradagi mavjud ilmiy yondashuvlar, shuningdek, huquq shakllarining evolyutsiyasi va ularning rivojlanishiga
ta’sir etuvchi omillar ilmiy nuqtayi nazardan o‘rganildi. Tadqiqotda huquq shakllarining shakllanish
xususiyatlari va turlari tahlil qilingan, jumladan, huquqiy odat, sud pretsedenti, normativ-huquqiy hujjat,
normativ shartnoma, huquqiy doktrina, huquq prinsiplari va boshqa huquq shakllari kabi huquq shakllarining
mohiyati va mazmuni ochib berilgan. Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning tarixiy-huquqiy, qiyosiy-huquqiy,
tizimli va formal-yuridik usullaridan foydalanilgan. Qiyosiy tahlil asosida roman-german va anglo-sakson huquq
oilalarida huquq shakllarining amal qilish xususiyatlari aniqlandi. Roman-german huquq oilasi davlatlarida
huquq manbalari orasida yozma qonunchilik ustun mavqega ega ekanligi, anglo-sakson huquq oilasida esa sud
pretsedentlari muhim rol o‘ynashi aniqlangan. Bunda roman-german huquq oilasida sudlar asosan huquqni
qo‘llovchi sifatida, anglo-sakson huquq oilasida esa norma ijodkorligi vazifasini ham bajaradi. Tadqiqot
natijalariga ko‘ra, huquq shakllari (manbalari) statik emas, balki ijtimoiy, iqtisodiy va texnologik omillar ta’sirida
transformatsiyalanadigan, dinamik rivojlanuvchi huquqiy hodisadir. Milliy yuridik fanda huquq manbalarining
ayrim turlari, xususan, huquq doktrinasi, huquq prinsiplari va diniy matnlar huquq manbalari sifatida yetarli
darajada tadqiq etilmaganligi aniqlandi. Globallashuv, raqamlashtirish va sun’iy intellektning rivojlanishi
jarayonlari huquq shakllarining evolyutsiyasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi va milliy huquqiy tizimda sud
pretsedentining ahamiyatini kuchaytirishi mumkinligi aniqlandi. Huquq shakllarining rivojlanish tendensiyalarini
yanada chuqur o‘rganish va ularning nazariy-huquqiy asoslarini takomillashtirish zarur, degan xulosaga kelindi.



