TURISTIK FAOLIYATNING ATROF-MUHITGA TA’SIRI VA UNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISH MASALALARI
Kalit so‘zlar:
turizm, atrof-muhit, ekologik ta’sir, barqaror turizm, ekologik qonunchilik, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar, tabiiy resurslar, ekologik muvozanatAnnotatsiya
Mazkur maqola turizm sohasining atrof-muhitga taʼsirini huquqiy jihatdan tartibga solish hamda uning birlamchi va ikkilamchi ekologik oqibatlarini baholash masalalariga bagʻishlangan. Mavzuning dolzarbligi shundaki, turizm jadal rivojlanishi bilan uning atrof-muhitga ta’siri ham ortib bormoqda. Bu esa turistik faoliyatning atrof-muhitga ta’sirini baholash hamda uning ekologik oqibatlarini huquqiy jihatdan tartibga solish uchun yechimlarni talab etmoqda. Tadqiqotda turizm faoliyati natijasida yuzaga keladigan infratuzilmaviy, transport va rekreatsion bosimning tabiiy resurslar hamda muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga taʼsiri Oʻzbekiston Respublikasining ekologik qonunchiligi, muhofaza etiladigan tabiiy hududlar tizimi va xalqaro standartlar asosida tahlil qilingan. Atrof-muhit va turizm o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganishda tahlil va sintez, mantiqiy, tizimli hamda tarixiy yondashuv kabi umumilmiy metodlar, shuningdek, qiyosiy-huquqiy hamda formal-huquqiy metodlar qo‘llangan. Ekologik turizmni rivojlantirishning huquqiy asoslari, ushbu sohada davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlari oʻrganilib, amaldagi qonunchilikda mavjud boʻlgan tizimli muammolar aniqlangan. Ilgʻor xorijiy tajribani qiyosiy tahlil qilish asosida turizmni rivojlantirish hamda tabiiy boyliklarni muhofaza qilish oʻrtasidagi optimal muvozanatni taʼminlovchi huquqiy mexanizmlarni takomillashtirish boʻyicha amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.



