O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BIOGAZ TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING EKOLOGIK JIHATLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

biogaz, bioenergetika, biologik resurs, ekologik normativ, milliy energetika tizimi, davlat siyosati, energetika qonunchiligi

Annotatsiya

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi va boshqa xorijiy mamlakatlarda biogaz texnologiyalaridan foydalanishni huquqiy tartibga solishning ekologik jihatlari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Xalq xo‘jaligining turli tarmoqlarida biogaz texnologiyalarini qo‘llashni milliy-huquqiy va xalqaro-huquqiy tartibga solish masalalari ko‘rib chiqilgan. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ushbu sohani tizimli huquqiy tartibga solish mavjud emasligi qayd etilgan. Biogaz texnologiyalarini samarali va xavfsiz qo‘llashni ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasida bioenergetikani rivojlantirish konsepsiyasini hamda uni amalga oshirishga, shu jumladan, tajriba-sinov tariqasida yo‘naltirilgan bir qator boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan. Bundan tashqari, maqolada dunyoda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishning eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida biogaz texnologiyalarini rivojlantirishning asosiy masalalari tahlil qilingan. Biogaz ishlab chiqarishning investitsiyaviy jozibadorligiga alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, u energiya ishlab chiqarish bilan bir qatorda, organik o‘g‘itlarni sotish hamda organik chiqindilarni ekologik xavfsiz utilizatsiya qilish xarajatlarini kamaytirish hisobiga qo‘shimcha daromad keltirish imkoniyatiga ega. Sanoatda biogaz texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tadqiqotlarning asosiy yo‘nalishlari mazmun-mohyati ochib berilgan. Shuningdek, xalq xo‘jaligining eng muhim tarmoqlaridan biri sifatida energetika tizimining holati, uning rivojlanishida bioenergetikaning o‘rni va roli, energetika tarmog‘iga qo‘yiladigan ekologik talablar, ushbu sohada qonunchilikni takomillashtirish yo‘nalishlari, vakolatli davlat organlari tomonidan ekologik norma va qoidalarni belgilashning o‘ziga xos xususiyatlari, bioenergetikaning zamonaviy holati hamda uni yanada rivojlantirish istiqbollari ko‘rib chiqilgan. Shu munosabat bilan xorijiy mamlakatlar tajribasi o‘rganilib, mamlakatimizda biogaz texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-07-08

Qanday Iqtibos Keltirish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA BIOGAZ TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISHNI HUQUQIY TARTIBGA SOLISHNING EKOLOGIK JIHATLARI. (2026). YURIDIK FANLAR AXBOROTNOMASI, 10(2), 76-87. https://review.tsul.uz/index.php/yfa/article/view/594