INSONNING QULAY ATROF-MUHITGA BOʻLGAN KONSTITUTSIYAVIY HUQUQI: XUSUSIYATLARI VA AMALGA OSHIRISH MEXANIZMLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

inson huquqlari, qulay atrof-muhit huquqi, amalga oshirish mexanizmlari, moddiy va protseduraviy huquqlar, oʻzaro bogʻliq huquqlar, barqaror atrof-muhit, Oʻzbekiston

Annotatsiya

Tabiatni muhofaza qilishdan asosiy maqsad inson salomatligi hamda uning hayot uchun qulay va sof tabiiy muhitga boʻlgan ajralmas huquqini taʼminlashdan iborat. Ushbu maqolada insonning qulay atrof-muhitga boʻlgan huquqining huquqiy va konstitutsiyaviy jihatlari tahlil qilinadi. Bu huquq global miqyosda mustaqil huquq sifatida tobora keng tan olinmoqda. Tadqiqotda mazkur huquqning asosiy xususiyatlari, qamrovi va amalga oshirish mexanizmlari ilmiy adabiyotlar, xalqaro huquqiy normalar hamda milliy va xorijiy davlatlarning qonunchiligi asosida koʻrib chiqiladi. Maqolada qulay atrof-muhit huquqining rivojlanishi, uning fundamental inson huquqlari bilan bogʻliqligi va bilvosita ularning tarkibidan shakllanib chiqib, bugungi kunda 160 dan ortiq mamlakatlarning milliy konstitutsiyalari va qonunchiligida alohida tan olingan va sud orqali himoya qilinadigan mustaqil huquqqa aylanishi boʻyicha bosib oʻtgan yoʻli tahlil qilinadi. Xususan, qulay atrof-muhit huquqining xalqaro miqyosda eʼtirof etilishi global hamjamiyatning sogʻlom atrof-muhitga nisbatan yakdilligi va intilishini koʻrsatadi. Shuningdek, maqolada mazkur huquqning boshqa asosiy inson huquqlari bilan oʻzaro bogʻliqligi alohida yoritilib, uning samarali amalga oshirilishi boshqa inson huquqlarining toʻliq taʼminlanishi uchun zarur ekani taʼkidlanadi. Maqola yakunida qulay atrof-muhit huquqi va uni amalga oshirish mexanizmlari hamda ularni samarali roʻyobga chiqarishga qaratilgan taklif va fikr-mulohazalar berilgan.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-15