SHAXSGA DOIR MAʼLUMOTLARNI HIMOYA QILISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI VA OʻZBEKISTON QONUNCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

raqamli iqtisodiyot, axborot xavfsizligi, shaxsga doir maʼlumotlar, raqamli suverenitet, transchegaraviy uzatish, maʼlumotlarni mahalliylashtirish, sunʼiy intellekt, biobank

Annotatsiya

Ushbu maqola global raqamlashtirish va sunʼiy intellekt texnologiyalarining jadal rivojlanishi davrida shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish institutini takomillashtirishning nazariy va amaliy jihatlarini tadqiq etishga bagʻishlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi Oʻzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligidagi mavjud boʻshliqlarni aniqlash hamda ularni xalqaro standartlarga, xususan, Yevropa Ittifoqining Maʼlumotlarni himoya qilish umumiy reglamenti (GDPR) talablariga muvofiqlashtirish boʻyicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat. Muallif dialektik, qiyosiy-huquqiy, formal-yuridik va tizimli tahlil metodlaridan foydalangan holda, maʼlumotlarni qatʼiy mahalliylashtirish talabining milliy raqamli iqtisodiyotga, xususan, xalqaro toʻlov tizimlari va bulutli xizmatlar faoliyatiga taʼsirini chuqur oʻrgangan. Tahlil natijasida amaldagi qonunchilikda maʼlumotlar sizib chiqishida tezkor xabar berish mexanizmlarining mavjud emasligi, biobanklar faoliyatini huquqiy tartibga solishdagi noaniqliklar hamda vakolatli organning institutsional mustaqilligi yetarli darajada emasligi kabi tizimli muammolar aniqlangan. Maqolada maʼlumotlarni qatʼiy saqlash talabidan moslashuvchan himoya modellariga oʻtish, avtomatlashtirilgan qaror qabul qilish jarayonlariga eʼtiroz bildirish huquqini joriy etish va bolalar maʼlumotlari himoyasini kuchaytirish zarurligi asoslab berilgan. Ishning ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati qonun ijodkorligi jarayonida raqamli suverenitet hamda investitsiyaviy jozibadorlik oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlashga qaratilgan aniq yechimlar taklif etilgani bilan belgilanadi.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-27