OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASHDA DAVLAT BOSHQARUVINI RAQAMLASHTIRISH

Mualliflar

Kalit so‘zlar:

oziq-ovqat xavfsizligi, qishloq xoʻjaligi, raqamlashtirish, davlat boshqaruvi, agrar axborot tizimlari, dronlar, raqamli transformatsiya

Annotatsiya

Mazkur maqolada agrar tarmoqda yer resurslaridan samarali foydalanish hamda qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishining barqaror va raqobatbardosh rivojlanishini taʼminlashda davlat boshqaruvini raqamlashtirishning oʻrni hamda ahamiyati kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotning asosiy maqsadi qishloq xoʻjaligida raqamli texnologiyalarni joriy etish jarayonlarining huquqiy, institutsional va tashkiliy asoslarini oʻrganish, shuningdek, ularning iqtisodiy samaradorlik, boshqaruv sifati va oziq-ovqat xavfsizligiga taʼsirini baholashdan iborat. Tadqiqot jarayonida qiyosiy-huquqiy, tizimli va statistik tahlil metodlari, shuningdek, induksiya, deduksiya usullaridan foydalanilgan. Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida agrar sohani raqamlashtirish boʻyicha qabul qilingan strategik hujjatlar, jumladan “Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi va qishloq xoʻjaligini rivojlantirishga doir davlat dasturlarining mazmuni va amaliy natijalari tahlil qilingan. “Aqlli qishloq xoʻjaligi” konsepsiyasi doirasida joriy etilgan “Agrosubsidiya”, “Agroplatforma”, “E-IJARA” va boshqa raqamli axborot tizimlarining boshqaruv samaradorligini oshirishdagi oʻrni asoslab berilgan. Shuningdek, qishloq xoʻjaligida uchuvchisiz uchish apparatlaridan foydalanishga oid amaldagi huquqiy cheklovlar tanqidiy baholanib, ilgʻor xorijiy tajriba asosida ularni soddalashtirish va takomillashtirish zarurati ilmiy jihatdan asoslangan. Tadqiqot natijalari agrar tarmoqni raqamli transformatsiya qilish va oziq-ovqat xavfsizligini mustahkamlashda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Yuklab Olishlar

Nashr qilingan

2026-04-27